O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

ONAMNI MAKKAGA OLIB BORAMAN

 
 

Ishlarim yurishib ketsa galma-gal,

Kamlarim, g‘amlarim bo‘lsa butun, xal.

Dunyoni bir chetga qo‘yib eng avval,

Onamni Makkaga olib boraman.

Kaftidan qadog‘i ketmagan xamon,

Men nodon qadriga yetmagan xamon.

Mexrimga xech da'vo etmagan xamon,

Onamni Makkaga olib boraman.

 

Qo‘yganman ko‘nglimni ko‘ngliga solib,

Orzuyim ushalmay ketmasa qolib.

Yo‘l bo‘yi ortimga orqalab olib,

Onamni Makkaga olib boraman.

 

Men yomon u yaxshi ko‘rgani xaqqi,

Bormasam kelib xol so‘rgani xaqqi.

Jonidan menga jon bergani xaqqi,

Onamni Makkaga olib boraman.

 

Dunyoni ortidan ketsam gar yiroq,

Kutguvchim ko‘z yummay, o‘chirmay chiroq.

Yuzida ajin lim, sochlari oppoq,

Onamni Makkaga olib boraman.

 

Onamdek mexribon kishim bormi, yo‘q,

Bo‘lak kim ulchalik menga zormi, yo‘q.

Chin do‘stim farzandim, jigar, yormi, yo‘q,

Onamni Makkaga olib boraman.

 

Faslning farqi yo‘q yoz, ko‘klam, kuz, qish,

Aytingchi dunyoda bitganmi xech ish.

Ketib qabri uzra unmasdan qamish,

Onamni Makkaga olib boraman.

 

Jilmayar, ko‘nglida yashirin arzi,

Bo‘ynimda osig‘liq farzndlik qarzi.

Alloxning xoxishi, mo‘minlik farzi,

Onamni Makkaga olib boraman.

JAHONGIRXON ABROROV O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot kotibi (Manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 11/01/2020 07:51;   Ko‘rilganligi: 14979
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/onamni-makkaga-olib-boraman
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 19:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing