NAMOZ
Kim namozni kechiktirishga odatlangan bo‘lsa, hayotidagi barcha ishlarini ortga surishga tayyorgarlik ko‘raversin: uylanish, ish, zurriyot, ofiyat... Zotan, Alloh uni barcha narsada ortga surib qo‘yadi.
Hasan Basriy aytdilar:
«Agar senga namozing arzimas narsaga aylangan bo‘lsa, unda sen uchun nima qadrli bo‘la oladi?!
Namozing qanchalik to‘g‘ri bo‘lsa, hayoting ham shunchalik to‘g‘ri bo‘ladi.
Axir bilmaysanmi, namoz «najot»ga yaqin turadi?! «Hayya 'alas-solaah! Hayya 'alal-falaah!» (Namozga kelinglar! Najotga kelinglar!)
Qanday qilib Allohdan U Zotning chaqirig‘iga javob qilmay turib muvaffaqiyat so‘raysan?!
Allohim! Bizlarni namozni o‘z vaqtida ado etadiganlardan qilgin!
O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 10/01/2020 16:07; Ko‘rilganligi: 1142
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 14:22