O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Masjidlar Allohnikidir

 
 

Avvalo masjidga borayotgan kishi niyatni xolis qilmog‘i lozim:

“Bas, Allohga dinni xolis qilgan holingizda yolboring” (G‘ofir, 14-oyat).

“Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil bo‘lmaslikka, namozni to‘liq o‘qishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu to‘g‘ri millatning dinidir” (Bayyina, 5-oyat).

“Va, alabatta, masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmang (Jin, 18-oyat).

Demak, masjidga niyatni xolis qilgan holda Alloh taologa ibodat va duo qilish uchun, Uning zikri, jamoatning fazli uchun boriladi.

Masjidga boradigan odam masjid Allohning uyi ekanini doimo yodda tutsin.

Masjid odobolaridan yana biri masjidga muhabbat qo‘yish, uni ehtirom qilish va ezozlashdir.

Masjidga namoz o‘qish uchun ketayotganda viqor va sokinlik bilan, shoshilmasdan, bachkana harakatlar qilmay, qalbda xushu bilan boriladi.

Masjidga kirishdan oldin qo‘l telefonlarini ovozsiz qilmoq va masjidga kirganda o‘ng oyoq bilan kirib, masjiddan chap oyoq bilan chiqildi. Masjidga kirayotganda “Bismillah, salamun ala Rosulillah, Allohummaftah liy abvaba rohmatik” duosi o‘qiladi. 

Masjidga kirganda dunyo ishlarini iloji boricha masjidda so‘zlashmaslik lozim, chunki Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Masjidda gapirilgan dunyoviy gap (qadam bosib kelgan) savob amallarini barchasini yeydi, olov o‘tinni yegani kabi” deb masjidda dunyo ishlari bilan zaruratsiz holda mashg‘ul bo‘lmaslikka buyurganlar.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sallolohu alayhi vasallam: “Birortangiz masjidga kirsa, o‘tirishdan oldin ikki rakaat namoz o‘qisin”, dedilar”.

         Masjidlar namoz va zikr uchungina qurilgan. Alloh taolo “Tavba” surasida marhamat qiladi:

“Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakot berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qilur. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topuvchilardan bo‘lsalar”. (18-oyat).

         Mazkur masjid odoblariga rioya qilish bilan mo‘min banda Alloh taoloning roziligini topib, ibodatlari qabul darajasiga yetsa ajab emas. Alloh taoloning uyini ehtirom va e'zozlash, undagi mulkni asrab-avaylash, bu ulug‘ dargohning xodimlari-yu, mehmonlarini hurmat qilish har bir mo‘min-msusulmonga xos amallardandir. Darhaqiqat, bu ko‘rsatmalar asrlar osha xalqimizning milliy qadriyatlariga aylanib ulgurgan odoblar sirasiga kiradi.

Mana, so‘ngi vaqtlarda yurtimiz masjidlariga katta etbor berilib, ko‘p masjidlar qaytadan qurilib, boshqalari  zamon talabiga mos ravishda qaytadan ta'mrilanib foydalanishga toshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda bizning “Kichik Kildon” masjdimizning ham jamoa, mahalla faollari va homiylar tomonidan  ichki va tashqi tomoni va tahoratxona butunlay zamon talabiga mos keladigan darajaga keltirilib, fuqarolarimiz emin-erkin o‘z ibodatlarini bajarib kelmoqdalar. Barchamizning ibodatlarimizni Alloh qabul qilsin, masjid obodligiga hissa qo‘shganlarni ajru-mukofot bilan siylasin.

Faxriddin QODIRQULOV – Bulung‘ur tuman “Kichik Kildon” jome masjidi imom xatibi 


Kiritilgan vaqti: 30/11/2019 13:49;   Ko‘rilganligi: 1787
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/masjidlar-allohnikidir
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 07:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing