O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Mahmud az-Zamaxshariy hayotiga bir nazar

 
 

Yurtimizning turli hududlaridan  minglab olim-u ulamolar  yetishib chiqganligi hech kimga  sir emas. Shunday ulamolardan biri Mahmud  az-Zamaxshariy hozirgi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida (hijriy 476-yil 27-rajab oyida, milodiy 1075-yil 19-martida) Xorazimning yirik qishloqlaridan biri Zamaxsharda tug‘ilgan. U kishining to‘liq ismi Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammaddir.

Olim haqidagi malumotlarni Ibn al-Anbariy, Ibn al-Javziy, Jaloliddin Suyutiy, Ibn al-Quftiy va boshqa olimlarning kitoblarida uchratishimiz mumkin. Yoshlik chog‘larida Buxoro shahriga kelib ilm tahsil qilib yurgan kezlarida bexosdan yiqilib, oyoqlarini lat yedirib qo‘yadilar. Yaralangan oyoqning sovuq urishi oqibatida illatlangan oyoq tabiblar tomonidan kesiladi va u yoshligidan bir oyoq bo‘lib qoladi. Zamaxshariy Bu nogironlik tufayli ilmdan to‘xtab qolmaydi. Yog‘ochdan oyoq qo‘ydirib, matonat bilan ilm olishni davom ettiradi. Az-Zamaxshariy Makkai –Mukarrama shahrida 5 yildan ko‘proq yashab, ilm-ma'rifat tahsil qiladi va bu joyga kelgan ilmu toliblarga dars berish bilan shug‘ullanadi. Hatto hech bir olim erishmagan “Jarulloh” yani “Allohning qo‘shnisi” degan maqomga erishdilar. Alloma arab tilini lahja va shevalarini to‘liq tadqiq qilib, bu tilning grammatikasi va leksikasi haqida kitoblar yozadi. Hatto arablarga qarata  “kelinglar o‘z tilingizni o‘zingizga o‘rgatib quyay” deb aytar ekanlar. Bu gapni aytish uchun o‘ta bilimli, jasoratli bo‘lish kerak. U kishini “Muqqadimatul adab”, “Al-Mufassal”, “Asos al-balog‘a” kabi  yirik kitoblari mavjud.    Arablarning: “Agar Xorazimlik shu ko‘sa cho‘loq Az-Zamaxshariy bo‘lmaganda arablar o‘z tillarini bilmas edilar” degan so‘zlari allomamizni buyuk arab millati olimlarini lol qoldira olganiga isbot bo‘ladi. Az-Zamahshariy: “Mening sochimni oqartirgan narsa muttasil kitob o‘qish va sayohatdir” deganlar. Olim umrining oxirida o‘z ona yurti Xorazimga qaytib keladi va 1144 yil Urganch shahrida vafot qiladi.

Biz barcha fazilatli allomalarimiz hayotidan ibrat olish, yosh avlodni az-Zamaxshariydek matonatli, sabrli va ilmga chanqoq qilib tarbiyalashda mas'ulyatni his etishimiz zarur. Zero, Imom Buxoriy hazratlari “Ilmdan boshqa najod yo‘q va bo‘lmagay” deganlar.

Safaxon BAQOYEV – Kattaqo‘rg‘on tuman “Xo‘ja Abul Hasan” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 17/02/2020 11:32;   Ko‘rilganligi: 1398
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/mahmud-az-zamaxshariy-hayotiga-bir-nazar
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 15:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing