ISLOMIY JIHOD ITTIHODI
Tashkilot nomi. «Islomiy jihod ittihodi» yoki «Islom jihodi uyushmasi» (arab. -»Ittihad al-jihad al-islamiy», ingliz. - «Islamic Jihad Union» (IJU), rus. - «Soyuz islamskogo djixada») terrorchi guruhi. Shuningdek, «Islom jixrdi», «Islom jihodi-mujohidlar jamoati» nomlari ham mavjud.
Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. «Islomiy jixod ittixodi» guruhiga avvallari, «Turkiston islom harakati»ning a'zosi bo‘lgan Najmiddin Jalolov (o‘zini «amir» deb e'lon qilgan, uning laqabi «Abu Yax'yo Muhammad Fotih») tomonidan 2001 yilda asos solingan. U 2009 yilning 14 sentyabrida Pokistonning Mir-Ali shahri yaqinida AQSH xavo kuchlarining aksilterror hujumi natijasida bir qancha jangarilar bilan birga o‘ldirilgan.
Mutaxassislar «Islomiy jihod ittihodi» guruhining «Turkiston islom haradati»dan ajralib chiqqanini e'tirof etishadi. Bunga moliyaviy masalalar, strategiya va maqsadlar bo‘yicha «Turkiston islom harakati»ning rahbari bilan bir guruh jangarilar o‘rtasida ixtilofning yuzaga kelishi asosiy sabab bulgan.
Tashkilotning bosh maqsadi. «Islomiy jihod ittihodi» xarakati «jihod» yo‘li bilan amaldagi dunyoviy konstitusion tuzumni ag‘darib tashlab, «islomiy davlat» qurishni maqsad qilgan.
Zayniddin Eshonqulov O‘MI - Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)
Kiritilgan vaqti: 30/03/2020 17:54; Ko‘rilganligi: 2603
Chop etilgan vaqti: 24/05/2025 23:59