Islom tinchlikparvar din
O‘zbekistonda 16 ta diniy konfessiya bo‘lib 2000 dan ziyod diniy emin erkin faoliyat ko‘rsatayotgani ham mamlakatimizda xukm surayotgan hamjixatlik va diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasidir .
Alloh taolo Quroni karimda “Ey insonlar biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Albatta Allohning huzirida eng hurmatlingiz taqvodoringizdir. Albatta Alloh biluvchi va xabardor zotdir”.Hujurot surasi 13 oyat
Alloh taolo kishilarni masxara va g‘iybat qilishdan o‘zgalarni ayblarini axtarishdan man qiladi. Demak, inson zotining asli bir ekan, barcha kishilar Odam alayhissalom va Momo Havvo farzandlari ekan. Bir millatni o‘zga millat va elatlardan ortiqligi va ustunligi ham yo‘q. Bir- birlariga tajovuz qilishlari nomuslarini paymol qilishlari mumkin emas. Islmo dinida Parvardigor o‘z bandalarining bir biriga va atrof muhitga qanday muomilada bo‘lish kerakligi aniq ko‘rsatib berilgan. Muqaddas kitoblarda insonni o‘z hayotlik davrida doimo mehr – muruvvatli bo‘lishiga undaydi. Inson Allohning yerdagi halifasi hisoblanadi. Yerdagi barcha mavjudodlar inson uchun yaratilgan. Islom insonlarni bir – biriga, mehr – shavqatli bo‘lishga chaqirish bilan birga, ularni dinidan, millatidan, kelib chiqishidan qatiy nazar o‘zaro hurmat va izzat ko‘satishga chaqiradi. Dinimiz tomonidan buyurilgan har qanday ishga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mukammal namuna ko‘rsatib berganlar. Shuningdek, boshqa din vakillariga bo‘lgan muomalada ham o‘rnak bo‘lganlar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kuni sahobalar bilan o‘tirganlarida bir qancha kishilar tobut ko‘tarib o‘tib qoladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhumning hurmati uchun o‘rinlaridan turadilar. Sahobalardan birlari “Yo Rasululloh axir bu yahudiy! Musulmonlarning dushmaniku”, dedi. Muhammad alayhissalom as'hobiga qarab “U inson” deya javob qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha davrdagi nafaqat musulmonlarga, balki g‘ayri dinlarga ham hush muomalada bo‘lib kelganlar. Islom dinida mo‘min inson boshqa birovga zarracha bo‘lsa ozor bermaslikni uqtiradi. O‘zlarini haqiqiy musulmon deb da'vo qilayotgan ba'zi toifalar yoshlarni o‘z ota-onasi, vatani, xalqiga qarshi qurol ko‘tarishga chaqirayotgani musulmon aqidasiga to‘g‘ri kelmaydi.
Sherxonov Imomidin Kattaqo‘rg‘on tuman “Qoqsoy” jome masjidi imomi-xatibi
Kiritilgan vaqti: 15/06/2020 08:25; Ko‘rilganligi: 1181
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 19:47