O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Islom dinida qo‘shnichilik odoblari

 
 

Inson bolasi o‘zining kundalik hayotida istaydimi-istamaydimi, baribir, doimiy ravishda aloqada bo‘lib turadigan toifalardan biri qo‘shnilardir. Kishi hayotining osoyishtaligi, baxti, quvonchi, ko‘pincha qo‘shni ila kechadigan aloqalariga xam bog‘liq bo‘ladi.

Agar Alloh taolo bandaga yaxshi qo‘shni ato qilsa u ko‘pgina xayrga sabab bo‘ladi. Aksincha, yomon qo‘shnidan har-xil yomonlik kutishning o‘zi turmush halovatini ketkazadi.

Ushbu va shunga o‘xshash boshqa mulohazalar aslida Islomda qo‘shnichilik aloqasiga alohida e’tibor berilgan. Qo‘shnining haqqi yuqori qo‘tarilgan. Unga yaxshilik qilish haqida ko‘plab ta’kidlangan tavsiyalar qilingan.

Oyati karimada qo‘shnichilik to‘g‘risida bunday deyiladi:

“Allohga ibodat qiling va unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-onalarga yaxshilik qilinglar! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh-qushni-yu begona-qushni, yoningizdagi hamroxingiz, yo‘lovchi (musofir)ga va qo‘l ostingizdagi (qaram)larga ham (yahshilik qilinglar)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi” (Niso, 36).

Ushbu oyatda qo‘shni mo‘min yoki kofir deb ajratilmagan. Shuning uchun mufassirlar kofir qo‘shniga xam yaxshilik qilish kerak, deydilar.

Payg‘ambarimiz (sollalohu alayhi va sallam): “Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshilikni gapirsin yoki jim tursin. Kim Alloxga va oxirat kuniga ishonsa, qo‘shnisiga aziyat bermasin”, dedilar.

Hadisda qo‘shniga aziyat bermaslik Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirish bilan yonma-yon kelyapti. Demak, mo‘min kishi qiyomat kuniga va Allohning yagonaligiga ishonsa, qo‘shnisiga zarar bermasligi, aziyat yetkazmasligi kerak.

Yana bir hadisda Payg‘ambarimiz (alayhissalom): “Jabroil (alayxissalom) menga qo‘shni haqida shunchalik ko‘p vasiyat qildi, qo‘shni-qo‘shnisidan meros olarmikan, deb o‘ylab qoldim”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Alloh taolo dunyodagi barcha xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik-birodarlik rishtalarini mustahkam qilsin. Qo‘ni-qo‘shnilar bilan samimona aloqalarimiz yanada yaxshilanib borishini Alloh taolo barchalarimizga nasibu ro‘ziy aylasin.

Rahmonov Abduqayum

Urgut tuman “Abduqahhor”

masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 06/01/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 4166
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/islom-dinida-qoshnichilik-odoblari
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 19:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing