IJTIMOIY-MA’NAVIY BARQAROR MUHIT TINCHLIGIMIZ KAFOLATI
Mamlakatimizda qadim-qadimdan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi, turli madaniyat, urf-odat, har xil turmush tarziga ega bo‘lgan insonlar bir-birlari bilan tinch-totuv yashab kelganlar.
Bugungi kunda ham viloyatimizda diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorligini saqlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni turli mafkuraviy xurujlar ta’siridan asrash bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarni amalga oshirishda davlat boshqaruvi idoralari, xuquq-tartibot organlari va jamoat tashkilotlari xodimlari bilan bir qatorda imom xatiblar ham salmoqli hissa qo‘shib kelmoqdalar. Jumladan, shahar va tuman bosh imom xatiblari joylarda aholi bilan mavjud muammolari, ularni qiynayotgan jihatlar, og‘riqli taraflar haqida suhbatlashmoqda. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
O‘tgan haftalar davomida shahar va tuman bosh imom xatiblari mahalla raislari, maslahatchilar, mahalla nozirlari bilan hamkorlikda
O‘z joniga qasd va suiqasd qilishi mumkin bo‘lgan fuqarolarni erta aniqlash va bunday holatlarni oldini olishda imom xatiblarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda 17-21 aprel kunlari Urgut tumani imom xatiblari 31 ta guruhga bo‘lingan holda 700dan oshiq xonadonga, Samarqand shahri imom xatiblari 7 ta ishchi guruhga bo‘lingan holda 170 dan ortiq xonadonga, Kattaqo‘rg‘on shahri imom xatiblaridan iborat 3 ta ishchi guruh tomonidan
Ularning dardiga sherik bo‘lib, muammolarini hal qilish choralari ko‘rildi va albatta bu ishlar mahalliy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirildi. Muloqotlar davomida ijtimoiy ko‘makka muhtojlar bilan suhbat o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ularga davlatimiz tarafidan berilayotgan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha takliflar berilib, imkoniyatlar yaratishga harakat qilindi.
Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida, joriy yilning 22 aprel kuni Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Pastdarg‘om, Payariq va Urgut tumanlarida barcha imom xatiblar uchun “Imom xatib va imom noiblarining fidoiyligi, fuqarolik mas’uliyati va ularning viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarga nisbatan faolligini oshirish va mazkur yo‘nalishda lozim bo‘lgan ko‘nikma va tajribalarini mustahkamlash”ga qaratilgan hududiy o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarga bir qator ta’luqli viloyat tashkilotlari rahbarlari, “Imom Buxoriy” xalqaro markazi ilmiy xodimlari, tajribali psixologlar, O‘MI Samarqand viloyati vakilligi mutaxassislari jalb etildi.
Ma’ruzalarni Imom Buxoriy xalqaro markazi ilmiy xodimlari, Oliy o‘quv yurtlari prorektorlari, tajribali psixologlar kabi qator nufuzli shaxslar, fan arboblari olib bordilar.
O‘quv-seminarlari davomida imom xatiblarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Samarqand viloyati faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash yuzasidan bergan ko‘rsatma va tavsiyalari atroflicha yetkazildi.
Imomlarning yo‘ldan adashgan, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish, jinoyat sodir etishga moil, farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lgan va boshqa ijtimoiy xavfli guruhga kiruvchi fuqarolar bilan yakka tartibdagi suhbatlarni amalga oshirish jarayonida o‘z suhbatdoshlariga ijobiy va samarali ta’sir ko‘rsatish yo‘llari va usullari hamda suhbatlar o‘tkazishlari uchun ularga sof islom dini manbalariga mavofiq barcha zarur ma’lumotlar yetkazildi.
Shuningdek, imomlarning joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi fidoiyligi va mas’uliyatini oshirish choralari va bunga nisbatan o‘rnatilishi lozim bo‘lgan nazorat tizimi kabi bugunning dolzarb mavzulariga qaratilgan ma’ruzalar, ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tildi.
Shu bilan birga, imom xatiblarga ijtimoiy xavfli guruhga kiruvchi fuqarolar bilan yakka tartibdagi suhbatlarni amalga oshirish jarayonida o‘z suhbatdoshlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishning samarali yo‘llari va usullari, suhbatlar o‘tkazishda zarur bo‘lgan sof islom dini manbalaridan ma’lumotlar atroflicha yetkazilib, imomlarning fidoiyligi va shaxsiy mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, kelgusida aholi orasida olib borilishi lozim bo‘lgan uchrashuv va yakka tartibdagi suhbatlarga nisbatan nazorat tizimi bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha muhokama qilinib, kelgusida imom xatiblarning ta’luqli davlat boshqaruvi idoralari, xuquq-tartibot organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash yo‘nalishidagi tavsiyalar berildi.
Yo‘qorilardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kun imomi har doimgidanda faolroq bo‘lmog‘i, o‘z ustida tinimsiz ishlashi va aksariyat vaqtini xalq orasida, ular bilan yelkama-elka, hamnafas bo‘lib yashashi lozim.
Kiritilgan vaqti: 25/04/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 3626
Chop etilgan vaqti: 08/10/2024 16:49