HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Faoliyat uslublari)
Ato Abu Rushta boshchiligida harakat 2006 yildan «Hizbulloh»ning terrorchilik amaliyotlarini qullab-quvvatlab, Isroil-Livan mojarolari (isroillik oddiy askar Geladning olib qochilishi)da ishtirok etgan hamda AKSH Isroil, Yevropa ittifoqi va Rossiyaga qarshi qurolli «jihod» e'lon kilgan.
Bu esa tashkilotning asl ( maqsadini fosh qildi. Chunki bu davrgacha «Hizbut-tahrir», guyoki tashkilotning faoliyati faqatgina g‘oya va mafkuraga qaratilgan bo‘lib, qurolli to‘qnanguvlarga umuman aloqasi yuk, ekanini ta'kidlab kelgan edi.
«Hizbut-taxrir»ning faol harakati 1970-1980 yillardan buyon Pokiston, Indoneziya, Filippin, 1990 yillar boshidan esa Markaziy Osiyo davlatlarida, 2003-2004 yillardan Rossiyaning bir qator mintaqalarida kuzatilgan.
Sӱnggi yillarda «Hizbut-tahrir»da g‘oyaviy yakdillik yo‘qolib, faoliyatida yuzaga kelgan samarasizlik tarkibiy bo‘linishlarga olib keldi. Undan «Hizbun-nusra» guruhi ajralib chiqdi. Shuningdek, «Hizbut-taxrir»ning «Ayollar qanoti» kuchaytirilishi barobarida, ular orasida o‘zini portlatish orqali qurbon qilish amaliyotidan keng foydalanilmoqda. Ular yosh qiz va ayollarga «uy tutish sirlari» (pazandalik, tikuvchilik)ni o‘rgatish orqali harakatning g‘oyalarini targ‘ib etish, tuzoqqa ilingan ayollarni gӱyoki, «xijrat» qilish yo‘lida chet davlatlardagi o‘z «birodarlari»ga yordam berish uchun jӱnatish yoki jazo muddatini o‘tayotgan jamoa a'zolariga turmushga chiqishga da'vat etish kabi amaliyotlar bilan shug‘ullanmoqdalar.
Zayniddin Eshonqulov O‘MI - Samarqand viloyat vakili
Kiritilgan vaqti: 23/01/2020 10:57; Ko‘rilganligi: 1147
Chop etilgan vaqti: 18/02/2025 08:00