O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (ekstremistik tashkilot)

 
 

Tashkilotning nomi. “Hizbut-tahrir al-islomiy” (“Islom ozodlik partiyasi”). Hizbchilar, tahrirchilar deb ham yuritiladi.

Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. Falastinlik  Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979) mazkur ekstremistik tashkilotning asoschisi hisoblanadi. 1947 yilda Isroil davlati tashkil etilgandan keyin oilasini olib, Falastindan Bayrutga ko‘chgan va “Musulmon birodarlar” tashkilotiga a'zo bo‘lgan. 1953 yilda mazkur tashkilot a'zoligidan chiqib Quddus (Iyerusalim)da “Hizbut-tahrir al-islomiy” tashkilotini tuzgan. Shu bilan birga kitob va boshqa nashrlar chiqarish ishlariga rahbarlik qilgan. u o‘z harakat doirasini kengaytirish maqsadida Iordaniya, Suriya va Livan davlatlarida bir necha marotaba safarda bo‘lgan.

Taqiyuddin Nabahoniy vafotidan so‘ng “Hizbut-tahrir” harakatiga Falastinlik Abdulqadim Zallum (1925-2003) boshchilik qildi. uning rahbarligi davrida tashkilot sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalar (asosan, Markaziy Osiyo hududida)dagi diniy va etnik ziddiyatlardan foydalanib, o‘zining faoliyatini jadallashtirgan. Abdulqadim Zallum vafotidan keyin “Hizbut-tahrir” harakatiga Ato Abu Rushta (Abu Yosin) rahbarlik qiladi.

 Zayniddin Eshonqulov - O‘MI - Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 14/01/2020 10:06;   Ko‘rilganligi: 3394
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/hizbut-tahrir-al-islomiy-ekstremistik-tashkilot
Chop etilgan vaqti: 20/05/2025 14:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing