O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Hadis ilmida kim kimning shogirdi?

 
 

Islom dini bizgacha yetib kelguniga qadar juda ko‘p ulamolar, ahli ilmlar xizmat qilishgan. Ma'lumki, Qur'oni Karim ustozdan shogirdga og‘izma og‘iz o‘tishi orqali yetib kelgan. Shuningdek, hadislar ham ustoz-shogird an'anasiga muvofiq bizgacha yetib kelgan. Hadis ilmida musulmonlarning imomi, muhaddislarning sultoni deb atalgan bobomiz Imom Buxoriy rahimahulloh ham ustozlari orqali Nabiy sollallohu alayhi vasallamga tutashadilar. Bobomizning ilmda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamgacha yetib borishlari ushbu ko‘rinishda ham bo‘lgan:

Imom Muslim rahimahulloh Imom Buxoriy rahimahullohning shogirdi.

Imom Buxoriy rahimahulloh Imom Ahmad rahimahullohning shogirdi.

Imom Ahmad rahimahulloh Imom Shofeiy rahimahullohning shogirdi.

Imom Shofeiy rahimahulloh Imom Molik rahimahullohning shogirdi.

Imom Molik rahimahulloh Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning mavlolari Nofe' Madaniy rahimahullohning shogirdi.

Nofe' Madaniy rahimahulloh Imom A'raj rahimahullohning shogirdi.

Imom A'raj rahimahulloh Abu Hurayra roziyallohu anhuning shogirdi.

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari, shogirdlaridir.

Demak, bobomiz Imom Buxoriy rahimahulloh oltita ustozdan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bog‘lanyaptilar.

Alloh taolo Dinimiz yo‘lida xizmat qilib o‘tgan va hozirda xizmat qilayotgan barcha ulamolar, ilm ahllarini ikki dunyo saodatiga erishtirsin!

 Internet ma'lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Manba: Muslim.uz

O‘MI Samarqan


Kiritilgan vaqti: 28/11/2019 15:29;   Ko‘rilganligi: 1393
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/hadis-ilmida-kim-kimning-shogirdi
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 08:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing