O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Фиқҳ

Hanafiylik

 
 

Mazhab asosochisi Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit bo‘lib, “Imom A'zam” laqabi bilan shuhrat qozongan. U zot Kufa shahrida (699-767) tavallud topib, o‘sha yerda vafot etgan. Ustozi Sha'biydan kalom, hadis, tafsir, fiqh ilmlarini mustahkam egallab, ular orasida ayniqsa fiqh ilmiga katta qiziqish bilan qaraydi. Abu Hanifa yashagan davr Umaviylar va Abbosiylar sulolasining davlat boshqaruvi vaqtlariga to‘g‘ri keldi. Abu Hanifa Qur'oni karim, sunna, sahobiylar so‘zlari, qiyos, istehson, ijmo', urf kabi fiqhiy manba va uslublarga ko‘ra hukum chiqargan. Abu Hanifa asos solgan hanafiylik mazhabi sakkizinchi asr o‘rtalarida tarqala boshlab, nafaqat Kufa, balki, Iroq, Jazoir, Tunis, Marokash, Indoneziya, Malaziya, Eron, Movarounnahr, Xuroson, Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston, Turkiya va boshqa mamlakatlarga tezda tarqalib ulgurdi.

Imom Abu Hanifa asos solgan hanafiy mazhabi Iroqning Kufa shahrida yuzaga kelib, Movarounnahrning yirik shaharlari-Samarqand va Buxoroda o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga ko‘tarildi. Mo‘tadilligi, milliy urf-odatlarga bag‘ri kengligi, turli mintaqalardagi shart-sharoitlarga mos kelishi va boshqa omillar tufayli hanafiylik ko‘plab musulmon mamlakatlari xalqlari tomomnidan qabul qilingan. Hozirda musulmonlarning taqriban 47% hanafiy mazhabiga ergashadilar.

Muallif: Z.Eshonqulov – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 14/10/2019 14:21;   Ko‘rilganligi: 5552
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/fiqh/hanafiylik
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 16:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing