O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Farzand Jannat Rayxonidir

 
 

Mukaddas dinimiz ta'limotida farzand, Allox ta'olo insonga bergan eng ulug‘ ne'mat barobarida omonat xamdir. Bu buyuk ne'matga sazovor bo‘lgan ota-onalalar uning qadriga yetishishlari, shukurlar aytib farzand oldidagi ota-ona burchlarini puxta ado etishlar lozim. Ya'ni Allox ta'olo ato etgan o‘g‘il yoki kizga chiroyli ism kuyishlar, yaxshi ta'lim berishlari, ota-onasiga munosib farzand, vatanga sadoqatli, kattalarga xurmatda, kichiklarga izzatda, o‘zgalarga mexr oqibatli komil inson bo‘lib yetishishi borasidagi masuliyatli vazifalarini chin ixlos va sadoqat bilan bajarishlari lozim

Zero Islom ta'limoti kishilik jamiyatida o‘z urnini uning dunyoviy va diniy xayotida amaliy suratda tadbiqini ilk saodat asridan boshlab yosh avlod tarbiyasiga katta axamiyat berib kelgan. Bu ta'limot va yul-yuriklar jamiyat asosining poydevori, ummat istikboli bo‘lmish yoshlarning xar tamonlama komil inson bo‘lib yetishishlarini talab kiladi.

Paygambarimiz (s.a.v.) muborak xadislarida “Ota bolasiga guzal odobdan yaxshirok narsani berolmaydi” deb marxamat qilganlar.(Imom Termiziy rivoyati) Keltirilgan xadisdan ma'lumki, Farzand inson xayotining mazmuni, nasl-nasabni davom ettiruvchi, oilaning mustaxkam zanjiridir. Yaxshi solix farzand ota-onaning baxt-ikboli, ikki dunyo saodatiga yetkazuvchi dilbandidir. Bejizga farzandlar “ jannat rayxonlari” deb tavsiflanmagan. Siz bilan biz ota-onalar farzandlarimizni erkalab ardoklab o‘stirar ekanmiz, fakat ularning jismoniy sog‘ligi, moddiy ta'minoti tug‘risida emas, balki ma'naviy boyliklari insoniy fazilatlarini barkamol kilish tugrisida xam qayg‘urib borishimiz lozim.

Xulosa kilib aytsak yoshlarimizni xar tamonlama komil, guzal xulkli mustakil fikr va dunyokarashga ega turli salbiy odat, illat va ta'sirlardan xoli ravishda voyaga yetkazishda albatta jamoat tashkilotlari, ota-ona, maxalla va ulomalarimizning o‘rni nasixatlari beqiyosdirAllox ta'olo yoshlarimizni ilm-ma'rifat va chiroyli odob-axlok bilan ziynatlantirib, ota-onalarining ko‘z kuvonchi bo‘lishlarini nasib aylasin.

B.Sharipov Samarqand tuman bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 27/04/2020 13:51;   Ko‘rilganligi: 2209
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/farzand-jannat-rayxonidir
Chop etilgan vaqti: 13/07/2025 14:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing