O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

Ota-onaga itoat oliy ibodat

 
 

Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:

«Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, hijrat uchun bay'at qilmoqchi bo‘ldi. U ota-onasini yig‘lagan holda qoldirib kelgan edi. Ul zot:

“Ota-onangning huzurlariga qaytgin, ularni qanday yig‘latgan bo‘lsang, xuddi shunday qilib kuldirgin”, dedilar».

Sharh: Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning roziligini topish, ularni xursand qilishni vaqti kelganda hatto hijratdan ham ustun qo‘ygan ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning haqqini qanday ulug‘laganlariga bir nazar soling. O‘zlariga hijrat uchun bay'at qilgani kelgan muxlis kishiga “Ota-onangning huzuriga borib, ularni kuldir”, demoqdalar.

Ba'zi holatlarda yoshlar diniy amallarga qiziqib, ota-onalarning haqlarini ortga surish holatlariga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Bunday paytlarda ilm sohiblari darhol ularga nasihat qilib, ishni to‘g‘ri yo‘lga burishlari kerak ekan.


Kiritilgan vaqti: 04/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1496
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/family/ota-onaga-itoat-oliy-ibodat
Chop etilgan vaqti: 19/06/2024 00:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing