O‘G‘ILLARIMGA NASIHAT
Ustoz, shayx, muttaqiy, hakim Abu Muhammad Mahbubiy Marg‘iloniy rahmatullohi alayhning “O‘g‘illarimga nasihat” nomli kitoblaridan olindi. - Ey o‘g‘illarim! Alloh taologa shirk keltirmanglar. Besh vaqt nomozni o‘z vaqtida jamoat bilan o‘qinglar. Zakotlaringizni kechiktirmanglar.
- Ovqat ustiga ovqat yemang. Yolg‘iz ovqatlanmang. Farzandlaringiz bilan birga taomlaning. Hech qachon ovqat janjalini qilmang.
- Bavlni to‘xtatmanglar (ushlab turmanglar).
- Umrni zoye qilmang, bekor o‘tirmang.
- G‘azablanmang. Mobodo g‘azabingiz kelsa, tik turgan bo‘lsangiz o‘tiring, o‘tirgan bo‘lsangiz yotib oling va oyatul Kursiyni ovoz chiqarib o‘qing.
- Qiyomatda hisob berishingizni o‘ylab pulni sarf qiling.
- Iloji boricha tahoratli yuring rizqingiz keng bo‘ladi.
- Odamlardan aslo xafa bo‘lmang, ta'ma bo‘ladi. Ta'ma haromdir.
- Yaxshi va yomon tushlaringizga sadaqa qiling.
- Bozoringizni o‘zingiz qiling. Birovni olgan narsasini kamsitmang.
- Yo‘l bo‘yida biror hojatingiz bo‘lmasa o‘tirmang.
- Yolg‘iz o‘qiydigan namozingizda yig‘lashni odat qiling. Tahajjud va boshqa nafl nomozlarni o‘qishga odatlaning.
- Har kuni Qur'ondan kamida yuz oyat o‘qishni odat qiling.
- O‘z nafsingiz bilan doim jihod qilishni unutmang. Nafsni minnatdor qilaman demang.
- Tajribasiz tabiblik qilmang.
- Xatni chiroyli yozishni o‘rganing.
- Olloh taolodan hech shikoyat qilmang. Chunki, U zolim emas.
- Tik turib suv ichmang. Yurib ovqat yemang. Etak bilan yuzingizni artmang.
- Dam solishga ko‘p berilmang.
- Achchiq, sho‘r, badbo‘y, nordon, taxir va sovuq narsalarni ko‘p iste'mol qilmang.
- Sut ichishga odatlaning.
- Ko‘zingizni juda yorug‘dan saqlang.
- Qo‘llaringizdagi hayvonlarni och qo‘ymang.
- Tuzni to‘kmang, shamolni, zamonni so‘kmang.
- Xotinga maslahat qilmang. Xotinni mahrini aslo kechiktirmang.
- Kulni ko‘minglar. Chunki, u zararli jinlar makonidur.
- Kattalar bilan ko‘rishganda, qo‘llarningizni avval tortmang.
- Birinchi salom beruvchi bo‘ling, kibr yo‘qoladi.
- Belingizni mahkam tuting. Chunki, u nasl joyidur.
- Ro‘zg‘orda iqtisodli bo‘ling.
- Ehromdan boshqa vaqtda bosh kiyimsiz yurmang. Hatto uyquda ham.
- Uyqudan avval qo‘lni yog‘ va shirasini yuving. Ro‘hiy kasalliklarni oldini olasiz.
- Ey o‘g‘lim! Alloh va Uning Payg‘ambarini joningizdan va molingizdan ham ziyod yaxshi ko‘rib aytganlirini qiling.
- Bir ishga “Xudo xohlasa” deyishni aslo unutmang.
- Hadyani olishdan ko‘ra ko‘proq berishga odatlaning. Chunki, bergan qo‘l doimo baland bo‘ladi.
- Og‘zingizni doim toza va xushbo‘y tuting.
- Ibrat uchun haftada bir marta qabristonni ziyorat qilishga odatlaning.
- Kechasi eshiklaringizni yopib, idishlaringizni ustini berkitayotganingizda “Bismillahir Rohmanir Rohim” – deb yoping.
- Tobutni ko‘rsangiz o‘rningizdan turing, musulmon bo‘lmasa ham.
- Mevali va boshqa foydali daraxtlarni ko‘p eking.
- Iloji boricha (qarz) haqlaringizni qistamang.
- Hayvonni yuziga aslo urmang.
- Dunyo ishini ortiq ko‘rib, din ishidan avval qilmanglar.
- Hech kimni qarg‘amanglar duolaring ijobat bo‘lmaydi.
- Gulni, sutni, yostiqni va oshqovoqni qaytarmanglar.
- Ey o‘g‘illarim, uyingizda har kuni bir kishi ro‘za tutsin.
- Ota-onangizni, xotingizni, yoshi katta insonlarni ismini aytib chaqirmang. Bu majusiylar odatidur.
- Kechasi hushyor bo‘lishni katta davlat deb biling. Bir uyda yolg‘iz yotmang.
- Ey o‘g‘illarim, Alloh farzand bersa qirq kungacha iloji boricha zaytun yog‘i bilan hamma badanini yog‘lab turinglar. Farzand tez o‘sadi va baquvvat bo‘lib dardga chalinmay katta bo‘ladi insho Alloh.
- Ey o‘g‘illarim, din ilmlarini yaxshi o‘rganinglar. Unutmanglarki, Qur'on, hadis, aqoid, fiqh o‘tgan mustahkam yo‘ldir. Bularga qo‘shgan ham, olgan ham katta xato qiladi. Har xil yangi yo‘llarga kirib o‘zingizni adashtirmang.
- Ey o‘g‘illarim, yosh bolalarni yaxshi gap bilan, yoki bir narsa berib doim xursand qilinglar. Jannatda dorus-Sibyonga tez kirasizlar.
- Ey o‘g‘illarim, tabobatdan ham bir oz o‘rganinglar. Avval o‘zingiz amal qilib keyin boshqalarga nasihat qilinglar.
- Odamlarga va'z aytib nasihat qilish vaqtida bir tomonga qaramasdan, hamma tomonga qarab gapiring. Aks holda hadya bergan odamga qarab gapiradigan bo‘lib qolasiz.
- Dushmaningizga qarshi ilm va taqvo bilan qurollaning.
- Bir kunda to‘rt soatdan kam va sakkiz soatdan ko‘p uxlamangr. Kam bo‘lsa badan qizib aql kamayadi. Ko‘p bo‘lsa badan soviydi.
- Ulug‘ zotlarga pichoq, soat, ko‘zoynak, kitob, qalam shunga uxshash narsalarni hadya qilishga odatlaninglar. Qachon uni ko‘rganda sizni duo qiladi.
- Kiyimlaringizni juda chiroyli qilib kiyib yuringlar.
- Folbinga bormanglar va ishonmanglar. Ular yolg‘onchilardir.
- Ey o‘g‘illarim, hech qachon janjal qiluvchi bo‘lmanglar. Chunki ikki ahmoq odam janjal qiladi. Bir oqil va bir axmoq ham janjal qilmaydi. Oqil “xo‘b” deydi. Yomon odamlarning badbaxtirog‘i uzrni qabul qilmaydiganidir.
- Ey o‘g‘illarim, bir oyda kamida bir marta yerda nomoz o‘qinglar.
- Riyodan saqlaninglar. Aslo ibodatlaringni odamlarga bildirmanglar.
- Avtomobilda yurganlaringda yo‘l harakati qoidalariga yaxshi amal qilinglar.
- Ey o‘g‘illarim, xotinlaring bolalaringni yomon so‘zlar bilan qarg‘ashiga yo‘l qo‘ymanglar.
- Ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishmanglar. Allohning g‘azabi kelib la'nati yog‘iladi.
- O‘g‘lingizni uylantirishda to‘y xarajatlirini yarmini o‘zi ishlab topgan bo‘lsin.
- Kasal ko‘rgani borganda ko‘p ovqat yemanglar va uzoq o‘tirmanglar.
- Nasihat qilishni to‘xtatmanglar. Nasihat qilish bilan imonlaring komil bo‘ladi.
Tayyorlovchi: Abu Muhammad Mahbubiyning shogirdlari Xolmuhammad SALIMOV - Urgut tumani “Mang‘itobod” jome masjidi imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 23/09/2019 15:13; Ko‘rilganligi: 1956
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/family/ogillarimga-nasihat
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 03:10
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 03:10