Ey ko‘ngil...
Senda co‘rovim bor, rost co‘yla faqat:
Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?
So‘zlarimda dashnomu ham nasihat:
Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?
Bu dunyoni asli bir kam, deydilar,
Iymoni yo‘qning boshi xam, deydilar.
Qiyomatda kiprigi nam, deydilar,
Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?
Xudo degan bandasi xor bulmagay,
Do‘stu dushmaniga hech zor bo‘lmagay.
Dunyo ham ko‘zlariga tor bo‘lmagay,
Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?
To tiriksan, ey do‘st bo‘lgin sen ogoh,
Yaxshi yomonlikka yaratgan guvoh.
Demagin pushaymondin chekibon oh voh,
Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?
Tuproqdir aslimiz, qaytmog‘imiz bor,
Qay bir nokas ani aylaydi inkor.
Solih amal qil chin, qolgani bekor,
Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?
Yo Rabb, o‘zing g‘affor, gunohlarim kech,
Oqlay desam qilmishim co‘z topolmam hech.
Holing so‘ray, toki xotir bo‘lsin tinch,
Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?
Dil, yodda tut sen mudom Allohni,
Shariati Islom, Rasulullohni.
Haq, yo‘ldan toydirmasin Lutfullohni,
Ko‘ngil, ayt senga na bo‘ldi, na bo‘ldi ?
Kiritilgan vaqti: 19/02/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 4072
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 01:49