O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Eslatish mo‘minlarga manfaat berur.

 
 

Payshanba kunining shom paytidan boshlab juma kunining shom paytigacha bo‘lgan fursatning har bir soniyasi shu qadar ko‘p yaxshiliklar xazinasiga to‘ldirilganki, ularning qanchaligini Allohning O‘zi biladi, xolos. Ana shu fursat oraligida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot ayting!Juma kunining kechasi boshlandi.

Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish sunnatdir.

Imom Tabaroniy keltirgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Kimki menga bir bora salavot aytsa, Alloh unga o‘nta salavot aytadi. Kimki menga o‘nta salavot aytsa, Alloh unga u yuzta salavot aytadi. Kimki menga yuzta salavot aytsa, Alloh uni nifoq va do‘zaxdan ozod deb yozib qo‘yadi va qiyomat kunida shahidlar bilan birga qiladi.

Allohumma solli va sallim va baarik ala Muhammad va ala olihi va as'habihi ajma'iyn!

Bu ma'lumotni yaqinlaringizga ulashing, ko‘p salovot va salom aytilishiga sababchi bo‘ling.

Eslatish mo‘minlarga manfaat berur.

O‘MI - Samarqand viloyat matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/01/2020 23:06;   Ko‘rilganligi: 2584
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/eslatish-mominlarga-manfaat-berur
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 23:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing