O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Dunyolar abadmas tugaydi bir kun,

 
 

Bugun shom namozidan chiqib kelayotganimda: "Dadamning yuraklari yomon, davolanishlari kerak. Yaxshilar yordam qiling!", deb mungli ovozda sadaqa so‘rayotgan o‘smirga ko‘zim tushdi. O‘zimning hayollarim bilan chiqib, mashinamga o‘tirdim. Biroz vaqtim borligi uchun mashinada o‘tirib tarjima qilayotgandim, mendan bir metr naridan kelayotgan shovqin e'tiborimni tortdi. Lasettining egasi sadaqa so‘rayotgan o‘sha yigit va yana ikkita ayolni oldiga chaqirib gapirayotgandi:

"Uka, mana bu pulni olginda, borib ishlagin. Boshqa tilanma" deb, chamamda bir o‘ram besh ming so‘mlik berdi. Qo‘lida bolasi bor ayolga ham ming so‘mlik bog‘lamni berib, jo‘natib yubordi. Ikkinchisi yetmishlardan o‘tgan tatar ayol bo‘lib (ismini ham eshitdim), o‘zining aytishicha, masjid yonidagi uyning sakkizinchi qavatida yolg‘iz yasharkan. Yigit ungayam bir bog‘lam pul berib: "Onaxon, man ham shu mahallada turaman. Holingizni bilmagan ekanman. Endi hecham bu yerga chiqmang, o‘zim har xafta oldingizga kirib turaman. Bugun chorshanba bo‘lsa, endi juma kuni kiraman" - deb, gap orasida boyagi tilanchi yigitning otasi haqiqatda ham yurak shikoyati bilan shifoxonada ekanini, telefon qilib hammasini aniqlaganini aytib o‘tdi.

O‘zim xohlamasamda guvoh bo‘lgan mazkur voqeadan ichim to‘lib ketib rosa yig‘ladim. Lekin nega yig‘laganimni o‘zim ham bilmayman..

Haliyam shunday yaxshilar borligidan to‘lqinlanibmi..

Muazzam dinimiz shunday buyuk insonlarni tarbiyalay oladigan din bo‘lgani uchunmi..

Insonlar o‘rtasida ezgulik g‘oyalarini targ‘ib etadigan Islom - terroristlar yetishtiradigan din, deya zolimona talqin qilinaverishidan o‘kinchmi..

Bilmadim, yig‘im sababini bilmadim..

 

Dunyolar abadmas tugaydi bir kun,

Xech kimsa bo‘lmaydi foniyga ustun.

Jannatda siz  bilan bo‘lishim uchun,

Birodar Alloh deb yig‘langiz bugun.

 

Qarangiz Osiyo Onamiz o‘tdi,

Qarangiz Fotima foniydan ketdi.

Alloh deb yig‘lagan niyatga yetdi,

Birodar Alloh deb yig‘langiz bugun.

 

Qo‘lizga zirapcha kirmasin deyman,

Bu tana azobda qolmasin deyman.

Sakar dek makonda yonmasin deyman,

Birodar Alloh deb yig‘langiz bugun.

 

Kulishlariz yarashar o‘zizga qarang,

Hayoda tengi yo‘q ko‘rmadim sana.

Man uchun yig‘lamang, man bir qul mana,

Birodar Alloh deb yig‘lagin bugun.

 

Balkim man andoq g‘alati dur man,

Balkim zamondan orqada dur man.

Kimlar uchun telba yo majnun dur man,

Birodar Alloh deb yig‘langiz bugun.

 

Nekiy yaxshilik bo‘lsa tilay man,

Maqsadim bitta dur Jannat izlayman.

Siz uchun Allohdan baxtiz tilayman,

Birodar Alloh deb yig‘langiz bugun.

 

Tong otar kun botar umr o‘tmokda,

Har bir daqiqa Mahshar ketmokda.

Qiyomat yaqindir xisob kutmokda,

Birodar Alloh deb yig‘langiz bugun.

 

Bu qoshlar, bu ko‘zlar tilga kiradi,

Qayda ne ko‘rganin aytib beradi.

Bir qatra ko‘z yoshiz tasdiq qiladi,

Birodar Alloh deb yig‘langiz bugun.

O‘MI - Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 11/01/2020 08:13;   Ko‘rilganligi: 1035
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/dunyolar-abadmas-tugaydi-bir-kun
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 05:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing