O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

DO‘ST TANLASH ODOBI

 
 

Bismillahir rohmanir rohiym! Inson tabiatida madaniylik, odamlarga aralashish, ular bilan munosabat o‘rnatishga moyillik mavjuddir. U o‘ziga o‘xshagan insonlar bilan  uchrashish, do‘stlashish, jamlanish, yaxshi aloqalar o‘rnatish va ulfat bo‘lishni bo‘lishni hohlaydi.

Alloh taolo Hujurot surasida marhamat qiladi:

“Albatta  mo‘minlar birodardirlar”. (10-oyat)

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy    sallollohu alayhi vasallam:

“Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm qilmaydi va tashlab ham qo‘ymaydi”,  dedilar.

Buxoriy, Muslim, AbuDovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

         Inson o‘zi uchun mashaqqatli ishlardan biri do‘st tanlashdir.

Chunki qaddi-basti chiroyli va xulqi go‘zal bo‘lib ko‘ringan xar bir kishi tabiatan yaxshi va go‘zal xulqli bo‘lavermaydi. Zero, rangi tiniq va toza ko‘ringan suv ham, sho‘r bo‘lishi mumkin.

        Xulqi va etiqodi buzuq kishilar bilan do‘slashish oqibati pushaymonlikdir. Kishiga, ayniqsa, u yosh bo‘lsa, do‘st va yo‘ldoshning tasiri tez o‘tadi.

      Farzandlarini yomon xulqli kimsalardan himoya qilish ota-onaning burchidir. Ota- ona farzanlariga do‘st tanlashda o‘rnak bo‘lishlari va ularga yordam berishlari kerak.

     Rasululloh sallollohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:

“Rostgo‘ylar bilan do‘stlashing! Ular tinchlikda ziynat, xavfda esa qalqondir” deganlar.

       Hakimlardan biri aytadi: “Diyonatli, aqlli va odobli kishi bilang do‘stlashing, qiyin kunlarda qo‘llovching, mayusligingda quvonching, xotirjamligingda quvonchinng bo‘ladi”.

       “Kishining kimligini  so‘zidan emas, ishidan bil, muhabbatini tilidan emas, ko‘zidan bil”.

     “Do‘sting qanday ekanini uning sendan oldin do‘stlashgani kim ekanligini bilib olasan”.

      Inson salomatligi tanovul qilgan taomiga bo‘lganidek, uning saodati ham tanlagan do‘stlariga bog‘liq. Shuning uchun do‘st tanlashda adashaslik kerak.

 To‘lqin domla Ravshanov - Bulung‘ur tuman bosh imom xatibi

 


Kiritilgan vaqti: 16/01/2020 07:57;   Ko‘rilganligi: 2543
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/dost-tanlash-odobi
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 12:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing