O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Маданият

Erta tongdan ezgu tilak

 
 

Bu kun tiladim baxtu-saodat,

Alloh ato etsin tinchlik va omad.

Yana kuningizga fayz ato etsin,

Bu kun barchangizga xayrli bo‘lsin!

ASSALOMU ALAYKUM AZIZLAR. Yangi tong, yangi kun muborak!

Har tong saharda uyg‘onib, toat ibodat qilgan banda Allohning suyukli bandasi bo‘larkan...

Butun yer yuzini izlasak ham:

- ONA kabi cheksiz mehribon;

- OTA kabi tengsiz qadrdon;

- IYMON kabi tuganmas davlat;

- ISLOM kabi tengi yo‘q qudrat

- Tinchlik kabi buyuk ne'mat topa olmaymiz..

Bularga ega ekanmiz Allohga shukronalar keltirishni unutmaylik azizlar!

ALHAMDULILLAH, boshlagan yangi kunimiz xayrli, unumli va barokatli bo‘lsin!

Alloh barchamizga yangi kunda yangi imkoniyatlarni yaratsin va har bir kunimizni munosib qarshi olish har birimizga nasib qilsin! Hamisha Alloh panohida bo‘ling!

Kuningiz mazmunli va omadli bo‘lsin!

Jahongirxon ABROROV – Urgut tumani “Boybul” jome masjidi imom noibi


Kiritilgan vaqti: 28/10/2019 10:24;   Ko‘rilganligi: 1982
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/culture/erta-tongdan-ezgu-tilak
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 06:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing