Biz ham borarmizmi Ka'batullohga?
Muborak safarga borib kelganlar,
Biz ham borarmizmi Ka'batullohga?
Zam-zam bulog‘idan qonib kelganlar,
Biz ham borarmizmi Ka'batullohga?
Yer yuzida qancha mo‘min musulmon,
Saflanar muqaddas qiblasi tomon,
Alloh nasib etsa bo‘lsak sog‘-omon,
Biz ham borarmizmi, Ka'batullohga?
Makka-yu Madina ziyoratgohdur,
Gunohni kechiruvchi yolg‘iz Allohdur,
Shafoatgohimiz Rasulullohdur.
Ta'magirlik qilmay bir xoru xasdan,
Umrning gulzori xazon bo‘lmasdan,
Ko‘zlar kosasiga tuproq to‘lmasdan,
Biz ham borarmizmi, Ka'batullohga?
Biz ham borarmizmi, Ka'batullohga?
Isrofil ISMOIL – Urgut tuman “Cho‘bin” jome masjidi
Kiritilgan vaqti: 29/11/2019 11:14; Ko‘rilganligi: 2481
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 15:19