O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Маданият

Bersa Xudo bersin...

 
 

Molu mulk bevafo sohibiga ham,

Sulaymon davlati ko‘rinadi kam.

Shukr qil Yaratgan bermasidan g‘am,

Bersa Xudo bersin, boshqasi bekor.

Ketdi qancha beklar, faqiru g‘ani,

Osmon o‘sha, ustuni qani.

Ko‘rmaganning yomon bo‘lar ko‘rgani,

Bersa Xudo bersin, boshqasi bekor.

 

Nasib qilsa kelar Shomi Iroqdan,

Nasib etmasa ketar qoshu qovoqdan.

Molu baxt izlama aslo yiroqdan,

Bersa Xudo bersin, boshqasi bekor.

 

Boyliging shu erur yursang-salomat,

Nafsingga qo‘l bo‘lib qolmagin faqat.

Faqat bir O‘zidan so‘ragin omad,

Bersa Xudo bersin, boshqasi bekor.

Fazliddinxon HASANOV - Samarqand shahar “Faqih abu Lays” jome masjidi xodimi


Kiritilgan vaqti: 08/11/2019 16:40;   Ko‘rilganligi: 1667
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/culture/bersa-xudo-bersin
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 16:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing