O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Маданият

Ayyom muborak

 
 

Quyosh chiqdi, borliq nurafshon,

Yeru-samo nurlarga to‘lsin.

Bugun juma, qadrli inson,

Ayyomingiz muborak bo‘lsin.

Qilib barcha go‘zal tilaklar,

Har kim ezgu tilakka yetsin.

Amiyn desin ko‘kda malaklar,

Ayyomingiz muborak bo‘lsin.

 

Kahf surasin o‘qigan inson,

Fitnalardan omonda bo‘lsin.

Bugun juma ey ahli Qur'on,

Ayyomingiz muborak bo‘lsin.

 

Rasulimiz ul Muhammadga,

Cheksiz solat , salomlar bo‘lsin.

Tabrik so‘zim aytay ummatga, 

Ayyomingiz muborak bo‘lsin.

 

Ikki rak'at juma namozin,

Ado etmoq muyassar bo‘lsin.

Tinglang bugun qalbim ovozin,

Ayyomingiz muborak bo‘lsin.

 

Hamdu-sano aytib egamga,

Lablar titrab, ko‘zlar nam bo‘lsin.

Tabrik so‘zim barcha olamga,

Ayyomingiz muborak bo‘lsin.

 

Salomla qutla ahli islomni,

Qutlovingdan ko‘ngillar  to‘lsin.

Va yo‘llagin ushbu kalomni,

Ayyomingiz muborak bo‘lsin.

Jahongirxon Bahodirxon o‘g‘li - Urgutu tuman "Boybul" jome masjidi imom noibi 


Kiritilgan vaqti: 01/11/2019 11:01;   Ko‘rilganligi: 3448
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/culture/ayyom-muborak
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 06:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing