O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Bu kasallik hammamizga sinov

 
 

Assalomu alaykum aziz mo‘min musulmonlar hozirgi kunda butun dunyoni tashvishga solib turgan, shu qatori bizning yurtimizga kirib kelgan bu vabo hammamizni sarosimaga solib qo‘ydi. Bunday paytlarda biz mo‘min musulmonlar qanday yo‘l tutushimiz kerak? Ana shunday holatga tushganimizda sizu bizni yaratgan zod bandalarini boshiga har hil yaxshi yomon kunlarini taqdirimizga yozib qo‘ygandir.

Shu jumladan Koronavirus kasalligini bixga yuborib bizlarni imtihon qilmoqda. Muqaddas dinimizda insonni joni (ya'ni sog‘ligi) eng muhim asoslardan biri bo‘lib Aloh Taolo aytadi “O‘zingizni halokatga duchor qilmang. Ehson qiling, albatta Alloh ehson qiluvchilarni yaxshi ko‘radi” deb marhamat qilgan (Baqara surasi 195-oyat). Payg‘ambarimiz (s.a.v) ham marhamat qilib aytganlar “Ikki ne'mat borki uni ko‘pchilik odamlar qadriga yetmaydi. Ular sog‘lik va tinchlik” deganlar. Azizlar davlatimiz tomonidan karantin e'lon qilindi. Bunga yetarlicha asoslar bor. Shunga amal qilgan holda o‘zimizni va farzandlarimizni ehtiyot qilaylik. Islom dini poklik dini. Poklik va tozalikga rioya qilib doimo qo‘llarimizni sovunlab yuzib yuraylik qo‘l berib so‘rashmaylik. Niqob taqib yurishlik sog‘likni saqlash vazirlik tavsiyasiga amal qilaylik. Zarur bo‘lmasa uyimizdan chiqmastlik lozim. Ushbu kasallik asoson havo tomchilari, qo‘lberib so‘rashish kabi holatlarda yuqudi. Shunday ekan jamoa bo‘lib to‘planish holatlaridan ehtiyot bo‘laylik.

Dinimizda shunday paytlarda quyidagi duoni o‘qib yurishimiz tavsiya qilingan. Rasululloh (s.a.v) marhamat qilganlar “Biror bir banda har tongda va kechda “Bismilihillazi la yazurru ma'ismihi shay'un  fil arzi va laa fissamai va huvas sami'ul a'lim” deb uch marta aytsa unga biror narsa zaraz bermaydi dedilar”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati). Ma'nosi: Allohninig ismi bilan boshlaymanki uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi va bilguvchmi zotdir”. Sahobalardan biri Rasulullohdan so‘radilar. Ey Allohning Rasuli najot nimada. Rasuluuloh: tilingni tiy, uyingda qol, va xatolaringa yig‘lagin! didilar.

Inson sog‘-omonda bo‘lishi uchun birinchi tilni tiyishlik va kasallik tarqagan joylarga bormastlik. Agar kasal bo‘lsa u yerdan chiqmastlikni yuqoridagi hadisdan tushunsak bo‘ladi. Biz mo‘min-musulmonlar gunohlarimizga istig‘for aytib,  bunaqa kasalliklardan Allohning o‘zi panoh berishligini so‘rab duoi xayr qilishimiz va kasallikdan saqlanish uchun barcha zaruriy cholralarni ko‘rmog‘imiz lozimdir.

Alloh o‘zi barcha innoslarni osmondan va yerdan keladigan bolalardan o‘zi saqlasin AMIN. 

Xayrullo Shomurodov Kattaqo‘rg‘on tuman bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 01/04/2020 09:06;   Ko‘rilganligi: 959
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/bu-kasallik-hammamizga-sinov
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 18:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing