O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

BOLA NIDOSI

 
 

BOLA NIDOSI

Urushda xoru zor bo‘lib o‘z jonidan ham bolasining jonini aziz bilib bolasiga otilgan o‘qga ko‘kragini tutib jon talvasasida yotgan onayu mehribonga murg‘ak go‘dakning aytib turgan so‘zlari:

Dushman bo‘ldi tarafma-taraf

Otilgandi o‘q menga qarab

Onam ko‘ksin tutdiku yo Rab

Qiyomatga aylandi makon

Ko‘zingizni oching onajon

Mehringizni soching onajon

Zo‘rg‘a turdim sudralib yondan

Qo‘rqib qetdim qip-qizil qondan

Nima istar men murg‘ak jondan

Hali ham bor qochishga imkon

Ko‘zingizni oching onajon

Meni olib qoching onajon

Yuzingizni men tamon buring

Jon onajon oyoqqa turing

G‘animlarni kaltaklab uring

O‘q otmasin aslo biz tamon

Ko‘zingizni oching onajon

Meni olib qoching onajon

Kimdir qochar bolasin tashlab

Alamidan yuragin g‘ashlab

Qaltirayman ko‘zlarim yoshlab

Buncha yovuz bosqinchi nodon

Ko‘zingizni oching onajon

Meni olib qoching onajon

Tizib qo‘yib qatorma-qator

Go‘daklarga qarab o‘q otar

Bolajonlar qon qusib yotar

Bir kun jazo olar begumon

Ko‘zingizni oching onajon

Meni olib qoching onajon

Ko‘cha-kuylar o‘likka to‘ldi

Otam, akam, opam ham o‘ldi

Onaginam sizga ne bo‘ldi

O‘tinaman berib qo‘ymang jon

Ko‘zingizni oching onajon

Meni olib qoching onajon

Siz o‘lsangiz ayting kim kuyar

Erkalatib meni kim suyar

Ular tutsa bo‘g‘zimdan so‘yar

Kelib qolsa ahvolim yomon

Ko‘zingizni oching onajon

Meni olib qoching onajon

Kerak emas menga muzqaymoq

Turli-tuman har xil o‘yinchoq

Tinchlik kerak ko‘nglim bo‘lsin choq

Yashash uchun qolaylik omon

Ko‘zingizni oching onajon

Meni olib qoching onajon

Yuzingizga qo‘ydim yuzimni

Ona tinglang mening so‘zimni

Yolg‘iz tashlab ketmang o‘zimni

Chalajonman ranglarim samon

Ko‘zingizni oching onajon

Meni olib qoching onajon

Yashamoqni juda xohlayman

Tirik qolsam burchim oqlayman

O‘z yurtimda tinchlik saqlayman

Bir tomchi ham to‘kilmagay qon

Ko‘zingizni oching onajon

Meni olib qoching onajon

Ko‘zlaringiz ochildi ona

Endi turing qilmang bahona

O‘q otmasdan bizlarga yana

Non, suv emas toping boshpana

Yetim qolsam yashashim gumon

Mehringizni soching onajon

Meni olib qoching onajon

Otabek Boqoniy

Samarqand viloyat Ishtixon tuman

"Muhojirlar" jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 01/12/2015 00:00;   Ko‘rilganligi: 3128
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/bola-nidosi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 12:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing