BESh MING QO‘YDAN AFZAL
Hazrati Alidan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
"Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam, bir kuni mendan:
- Ey Ali, sega besh ming qo‘y beraymi yoki ham dunyo, ham oxirat uchun foydali besh kalimani o‘rgatayinmi? - deb so‘radilar.
- Yo Rasulalloh, besh ming qo‘y ozmuncha foyda emas. Biroq menga o‘sha besh foydali kalimani o‘rgatishingizni xohlayman, - dedim.
Shunda Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ushbu duoni o‘rgatdilar:
- Allohim, gunohlarimni mag‘firat qil. Menga keng fe'l va halol bir daromad nasib et. Nafsimni bergan rizqingga qanoatli qil va qalbimni O‘zing man' etgan narsalarga moyil qilib qo‘yma".
"Hikmatlar xazinasi" kitobidan.
O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 09/01/2020 14:11; Ko‘rilganligi: 958
Chop etilgan vaqti: 12/09/2024 10:47