O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

BEBAHO QADRIYATLARMIZNI QADRLAYLIK

 
 

Assalomu alaykum hurmatli o‘quvchi. Ushbu maqolani ochib o‘qiyotgan bo‘lsangiz sizga o‘z minatdorchiligimizni bildiramiz. Chunki hozirgi kunlarda ko‘pchilik internetdagi ko‘ngilochar saytlarga yoki turli mish-mish tarqatuvchi sahifalarga kirib, aksariyat vaqtlarini o‘sha yerda o‘tkazishni xush ko‘radi. Diniy, ilmiy, madaniy, ma’rifiy saytlardan esa afsuski foydalanuvchilar kamroq.

Keling maqolamizning mavzusiga qaytaylik. Bizning beqiyos va bebaho qadriyatlarimizdan biri bu tabarruk yoshdagi insonlarni hurmat qilishdir. Ha, darhaqiqat bunday insoniy fazilatlar hamma jamiyatlarda ham uchrayvermaydi. Bobokalonlarimizdan me’ros bo‘lib kelayotgan odatlarimizning negizida muqaddas islom dinimiz ko‘rsatmalari poydevor bo‘lgan.

Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim kichigimizga rahm qilmasa va kattamizning haqqini bilmasa, bizdan emas”, dedilar.

Bu mashhur hadis. Mo‘min-musulmonlar kichiklarga, bolalarga rahm qilishlari, mehribon bo‘lishlari, boshini silashlari, ayni paytda kattalarning hurmatini, e’zozini joyiga qo‘yishlari lozim. Bu ishlar mo‘minlarning siymosi, Islom jamiyati a’zosini belgisidir. Bunday jamiyatda yashab turib, kichiklarga rahm qilmagan, kattalarga hurmat ko‘rsatmagan odam ana shu muborak siymoni yo‘qotadi.

Shuning uchun Rasululloh sollalohu alahi vasallam unday odamni “bizdan emas”, deyaptilar. Buni yaxshi anglab, amal qilishimiz, kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatda bo‘lishimiz kerak.

Ash’ariydan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Soch-soqoli oqargan musulmonni, Qur’onni yod olgan, unda g‘uluvga ketmagan hamda unga jafo qilmaganni va adolatli hukumdorni ikrom qilish Allohni ulug‘lashdandir”.

Demak soch-soqoli oqargan musulmon insonni hurmat qilish Alloh taoloni ulug‘lashni bir ko‘rinishi ekan.

Qur’onni yod olgan, o‘qib yuradigan, unga amal qiladigan, biroq g‘uluvga ketmagan, o‘zini mutakabbir tutmagan, Qur’onni e’tirborsiz tashlab qo‘ymagan kishini hurmat qilish ham Alloh taoloni ulug‘lashning bir ko‘rinishi ekan. Adolat bilan hukm qiladigan iymon-e’tiqodli rahbarni, hukmdorni hurmat qilish ham Alloh taoloni ulug‘lashning bir ko‘rinishi bo‘larkan.

Mana o‘zingiz guvohi bo‘lganingizday, hadislarda zikr qilingan sunnat va savobli, shuningdek, insoniy fazilatlardan hisoblangan amallarni bizning xalqimiz asrlar davomida o‘z hayotiga tadbiq etib kelmoqda.

Biroq, hozirgi globallashuv jarayonida oynaijahon orqali namoish etilayotgan o‘zga jamiyatlardagi holatlar, fuqarolarimizning turli sabablar bilan xorijiy mamlakatlarga qatnovining ko‘paygani, ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib etilayotgan omillar bir so‘z bilan aytganda shiddat bilan tarqab borayotgan “ommaviy madaniyat” afsuski ba’zi hamyurtlarmizni chetlab o‘tayotgani yo‘q. Yaqinda bir oiladagi noxush voqiani eshitib juda hafa bo‘ldim. Farzandini yaxshi niyatlar bilan boqib katta qilgan, oliy ma’lumotli qilib ishga joylagan ota-onaga o‘g‘li ish joyidagi oylik maoshi kamligidan shikoyat qiladi. O‘zining orzu havasiga yetmasligi va shunga o‘xshash har hil vajlar bilan noliy boshlaydi. Otasi unga sabr toqat bilan ish tutishini, hamma orzu havaslar birdaniga ro‘yobga chiqmasligini, barcha yaxshi niyatlariga o‘z mehnati ila erishishi mumkinligini, agar moddiy tomondan yordam kerak bo‘lsa otasi unga yordam berib turishga tayyor ekanini tushuntirishga harakat qiladi. Shunga qaramay navqiron yigit ota-onasining roziligisiz, ishxonasidagi rahbarlarni xabardor qilmagan holda o‘zboshimchalik bilan Birlashgan amirliklarning Dubay shahriga ish izlab ketadi. Mazkur shaharda ikki oy sarson sargardon bo‘lib, ish topolmay yuzi shuvit bo‘lib qaytadi. Natijada ish joyidan ajragan, ota-ona va mahalla kuy oldida hijolatchilikda nima qilishni bilmay yuribti.

Birgina chuqurroq o‘ylamay bosilgan qadam endi boshalanayotgan hayot yo‘liga katta to‘siq bo‘lib qoldi. Hadisi shariflarda vasf etilgan sabr, qanoat, mehnatkashlik, ota-ona hurmati kabi tushunchalar zamiriga yetmaganlik oqibatida mustaqil hayotining dastlabki onlaridayoq pand yedi.

Islom dini bizlarni bir ishdan oldin kengashishga, kattalar, yoshi ulug‘lar bilan maslahatlashib olishga chorlaydi. Xalqimiz nazdida qatriyat darajasiga ko‘tarilgan bu ishlar, aslida ilohiy topshiriq bo‘lib, Alloh taolo Qur’oni karimda: “Ishlaringizda ular bilan maslahatlashing”(Oli Imron, 159), demoqlik bilan Rasulini sahobalar bilan maslahatlashishga buyurmoqda. Demakki biz ushbu ilohiy ta’limotga amal qilgan holda, ishlarimizni maslahatgo‘ylarimizning tavsiyalariga binoan olib borishga harakat qilmog‘imiz darkor.

Qadriyat tushunchasi bu o‘zlikni anglash demakdir. O‘zligini bilgan inson esa majburiyatlarini mukammal ado etadi, o‘zgalar haq-huquqini poymol qilmaydi, elu-xalqqa ko‘plab manfaatlar keltiradi. Bunday kishilari ko‘pchilikni tashkil etadigan jamiyatlar esa tanazzuldan yiroq, kelajagi esa porloq bo‘ladi.

Alloh taolo barchamizning


Kiritilgan vaqti: 21/01/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 3027
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/bebaho-qadriyatlarmizni-qadrlaylik
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing