O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Ajoyib voqea.

 
 

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar:

Hazrat Ashraf Ali Tahanoviy rahmatullohi alayh shunday bir voqeani yozganlar: Bir odamning ayolidan xatolik o‘tdi. U ayolini Allohning bandasi deb bilib, avf qilib yubordi.

U odam vafot etganida, birov uni tushida ko‘rdi. Undan: Nima bo‘ldi? deb so‘radi. U shunday dedi: Qolgan amallarim korga yaramadi. Faqat bir amalim Allohga mahbub bo‘ldi. Alloh ta'olo shunday dedi: Sen bir o‘rinda ayolingni Mening bandam deb bilib avf qilib yuborgan eding. Bor, bugun Men ham seni bandam deb bilib avf qildim.

Agar biz ayolimizning xatosi va kamchiligini kechirib yuborsak, uning evaziga Alloh ta'olo bizning xatolarimizni kechirib yuboradi.

Bu degani, islohiy gaplarni uyda gapirmang degani emas. Shuningdek, ayol gunohga qo‘l ursa yoki axloqsizlik qilsa, unga biror narsa deyishdan to‘xtang degani ham emas. Shari'at hududlarida turishlik kerak va mehr-muhabbat ila hayot kechirishlik lozim.

“Sukune dil” kitobidan 138-bet.          

O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/01/2020 07:33;   Ko‘rilganligi: 927
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/ajoyib-voqea
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 00:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing