YUZLAB KELTIRMOQCHI BO‘LGAN DALILINGIZ ALLOH TAOLONI - MAXLUQLARNI SIFATIDAN POKLIGIGA DALIL BO‘LADI XOLOS
"ALLOH YUQORIDA" - "ALLOH OLIY ZOTDIR" deganda, "Jihat" nisbatiga ega bo‘lmish: Tepa tomon, yuqori taraf, degan ma'noni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, bilib qo‘yingki, Salaflardan ham Sahobalardan ham, Kitob va Sunnatdan ham dalil topa olmaysiz. Yuzlab keltirmoqchi bo‘lgan dalilingiz ALLOH TAOLONI - maxluqlarni sifatidan POKLIGIGA DALIL BO‘LADI xolos.
Agar, "Alloh yuqorida" degan so‘zdan murod: Alloh barcha maxluqotlardan oliy hamda yuqori desangiz, ya'ni: arabiy tilda: العليّ so‘zni qasd qilsangiz, biz Ahli-sunna va siz bilan (bu masalada) farqimiz yo‘q. Albatta, biz ham Alloh taolo maxluqotlaridan oliy Zotdir, deymiz. Bunga iymon keltiramiz.
Ammo, hozirgi zamonaviy (salafiy) toifadan farqimiz shundaki:
Ular: "Alloh tepa tomonda va Oliy Makonda, Maxluqotlaridan hadd (chegara) bilan farqlanadi", deydilar.
Biz: "Alloh barcha maxluqotdan Oliy Zotdir. Barchasi Allohning mulki va Tasarrufidadir. Alloh maxluqotlarni yaratishidan avval, azalda qay holatda bo‘lsa, hozir ham shundaydir. Chunki, Alloh o‘zgarmaydi, makon bilan sifatlaniaydi", deymiz.
- Alloh taoloning "Makon" degan sifati yo‘q. Chunki hech qayerda bunday lafz vorid bo‘lmagan.
- Alloh taolo g‘oya (nihoya) va chegaralardan behojatdir, deb Aqidatu-Tahoviyada aytilgan. Bu so‘z - to‘rt Mazhab va jumhur Axli-sunnaning aqiydasidir.
- "Alloh taolo Arshning ustidadir" degan so‘z: Allohni makoni arshning tepasi yoki osmonning usti deyilmaydi. Balki, "Maxluqotlarning nihoyasi va eng katta bo‘lmish Arshning egasi Parvardigordir", degan maqsadni anglatadi. Ya'ni: Maxluqotlar olamidan - Oliy bo‘lmish Zotga iltijo qilish, degan murodni anglatadi.
Zayniddin domla Eshonqulov internet manbalari asosida
Kiritilgan vaqti: 19/10/2021 15:09; Ko‘rilganligi: 1210
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:56