O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

YOSHLARNI YOT G‘OYALARNING TA'SIRIDAN SAQLAYLIK

 
 

Ma'lumki, mamlakatimiz aholisi diniy e'tiqod masalasida o‘ta xassos bo‘lgan va pok e'tiqodni muqaddas sanagan. Bugun mana shu jihatni yoshlar ongiga to‘g‘ri singdirish dolzarb vazifadir. Chunki sog‘lom e'tiqod jamiyatning tinchligi va ravnaqiga xizmat qiladi hamda insonni ikki dunyo saodatiga yetishtiradi.

Afsuski, sog‘lom e'tiqodni oyoqosti qiladigan va muborak dinimizni o‘z manfaaati yo‘lida qurol qilib olgan kimsalar borligi bugun barchamizni tashvishga solmoqda. Ma'lumki, aqidaparast va buzg‘unchi kuchlar xalq ruxiyatini ichdan yemirib, halokatga boshlaydi. Jamiyatning hamjixatligini buzadi, xalqni jar yoqasiga olib boradi. Diniy tushunchalardan ustalik bilan foydalanib,odamlarga uning asl mohiyatini buzib ko‘rsatadi. Shuningdek xalqning ishonuvchanligidan foydalanib, ommani norozilik kayfiyatida tarbiyalaydi. Yoshlarni esa aldov yo‘li bilan o‘zining jirkanch quroliga aylantirib, juvonmarg qiladi.

Aqidaparastlar fikricha islom ma'rifatini yoyishning yo‘li faqat zo‘rovonlikdir. Shu yo‘lda ular jangarilarni tayyorlash va qo‘poruvchilik bilan insonlarga vahima solish orqali o‘z qora niyatlariga yetishni maqsad qiladi. Vaholanki, Alloh taolo : “(Ey Muhammad), Robbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da'vat qiling! Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling!..” (Nahl surasi 125-oyat)

Bir hadisi sharifda: “Yoshlikni g‘animat biling, qarilik kelishidan oldin”, deyilgan. Shunday ekan, umrni, yoshlikni behuda o‘tkazmaslik zarur. Har bir ota-ona o‘z farzandini baxtli bo‘lishini istaydi. Shunday ekan, kelajakni bugundan belgilash lozim. Hozir dunyoda ruy berayotgan voqea-hodisalardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishimiz kerak. Shundagina loqayd va befarq bo‘lmaymiz.

Hushyorligimiz yanada oshadi. Yoshlarimizni yurt bayrog‘ini baland ko‘taradigan, fidoyi, yurtparvar va elparvar insonlar qilib tarbiyalasak, yurtimiz kelajagi yanada buyuk bo‘lishi muqarrar.

Abrorov Jahongirxon manbalar asosida tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 21/12/2021 06:34;   Ko‘rilganligi: 409
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/yoshlarni-yot-goyalarning-tasiridan-saqlaylik
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 05:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing