O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Yoshlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik!

 
 

Muqaddas Islom dinimizda farzandlar tarbiyasi ota-onaning eng mas'uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ota-onaning  farzandlariga  beradigan narsalari ichida eng qimmatlisi va zaruriysi  xusni xulqdir” deb marxamat  qilganlar.

Avvalo tarbiya va odob masalasida ota-onalarning o‘zlari bolalarga yaxshi namuna bo‘lishlari kerak. Abdulloh ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyimizda o‘tirganlarida onam meni chaqirib: «Beri kel, bir narsa beraman», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Nima bermoqchisan?» dedilar. «Men unga xurmo bermoqchi edim», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Ammo agar unga hech narsa bermaganingda, senga yolg‘on yozilar edi», dedilar».

Bugungi kunda farzandlarimiz xato qilsa telefondan,telivizordan ko‘rgan yoki falonchi o‘rtog‘idan o‘rgangan degan gaplarni ko‘p ishlatamiz, aslida bu xato biz Ota Onalardan ekanligini tan ololmayabmiz.Ota-onalar farzandlarining telefonlarini nazorat qilishlari zarur lekin afsuski bazi Otalarning o‘zlari xam bu nazoratga muxtojdir.

Shuning uchun ham ota-ona farzandlariga doimo yaxshi va go‘zal o‘rnak bo‘lishlari lozim. Barcha yaxshi sifatlarni namoyish qilib, barcha yomon sifatlardan uzoqda bo‘lishlari kerak. Ota-ona bolalariga shaxsiy namuna ko‘rsatishlari bilan birga, ularga odoblarni qunt bilan, zerikmasdan o‘rgatib borishlari zarur.

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” Abdulla Avloniy.

Narpay tuman Ko‘k ota jome masjid imom xatibi Alisher qori Shukurov


Kiritilgan vaqti: 26/08/2020 12:16;   Ko‘rilganligi: 1654
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/yoshlar-tarbiyasiga-etiborli-bolaylik
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing