O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Yoshlar tarbiyasi muhim masala

 
 

Farzand Alloh bergan ne'matlar ichida eng ulug‘laridan xisoblanadi. Zero farzandlar nasl nasab davomchisi bu dunyoda ota ona uchun suyanchiq va albatta inson vafotidan keyin o‘sha farzandlar sababli uning orkasidan savoblar ajr mukofotlar borib turadi madomiki ota ona farzandlariga chiroylik tarbiya bergan bo‘lsa.

Paygambarimiz a.s sadaqai joriya xakidagi usha mashhur hadislarida o‘zidan keyin uning orqasidan duo qiladigan solih farzandlar tarbiya qilib qoldirgan ota onaga vafotidan keyin ham savob borib turishini marhamat qilganlar.

Qolaversa yoshlar yurt kelajagi albatta ular aqllik odobli va bilimli bo‘lsalargina ona yurtimiz rivoj topib gullab yashnaydi. Rusulimiz a.s bir xadislarida «Uchta qiz farzand tarbiya qilib xayotga tayyorlab bergan ota ona jannatiydir» deb marhamat qilganlar. Chunki onalar tarbiyali bilimli solixa bo‘lsalar ular dunyoga keltirib tarbiya qilgan farzandlari El yurt koriga yaraydigan, din vatan rivojiga xissa qo‘shadigan avlodlar bo‘lib yetishadi.

Vatan taraqqiyoti yoshlar qulida ekanligi bois hukumatimiz tamonidan yoshlar tarbiyasiga katta e'tibor berilmokda. Ularni bilimli zakavotli bulishlari uchun xozir yurtimizda xamma sharoitlar bisyor. Biz ota onalar farzandlarimizni mana shunday sharoitlardan unumli foydalanib ularni bilimli qilib tarbiyalashda mas'ulmiz.

Z.Ibroximov Urgut tumani “Mahmadqul Xoji” masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 22/08/2023 14:17;   Ko‘rilganligi: 184
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/yoshlar-tarbiyasi-muhim-masala
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 12:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing