O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

YOSH AVLODNING TARBIYASIGA ETIBORLI BULAYLIK

 
 

Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqi.

Ota-ona bolalariga shaxsiy namuna ko‘rsatishlari bilan birga, ularga odobni qunt bilan, zerikmasdan o‘rgatib borishlari zarur. Chunki ota-onaning bolalarga beradigan narsalari ichida yeng qimmatlisi va zaruriysi odobdir.

Saiyd ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Hech bir ota o‘z farzandiga yaxshi odob o‘rgatishdan ortiq hadya qila olmaydi dedilar bola ota-onasi xuzuridagi omonat bo‘lib bu xaqida Imom G‘azzoliy ihyou ulumid-din kitobida bunday deyiladi: Bola ota-ona qo‘lida bir omonatdir. Qalbi turli naqsh va rasmlardan pok, nima naksh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil bo‘laveradi. Agar yaxshilikka undalsa va o‘rgatilsa, uning ustida o‘saveradi, dunyo va oxiratda saodatli bo‘ladi, ota-onasi hamda odob, talim-tarbiya  berganlar barchasi savobiga sherik bo‘lishadi. Agar yomonlikka undalsa va hayvon kabi bo‘sh qo‘yilsa, yomonlikka uchraydi va shunga qarab turgan kishi zimmasiga gunohkorlik tushadi.

Inson xayotining har bir bosqichi muhimdir. Mazkur muhim bosqichlar ichida umrning yoshlik davri alohida ahamiyatga egadir . Yoshlik inson umridagi eng nozik davr hisoblanadi.

Yoshlar har bir millatning kelajagi ekanini hisobga oladigan bo‘lsak, ularga etibor berishning ahamiyati yana ham ziyodalashadi shuning uchun ham yoshlarning odobli bo‘lishlari uchun harakat qilish juda ahamiyatli ish hisoblanadi.

Darhaqiqqiat, islom shariati va uning barhayot ta'limotlari inson hayotining barcha tomonlarini to‘la qamrab olganligini hammamiz yaxshi bilamiz.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida ommaviy madaniyat deyilayotgan mashhurlik yoshlar orasiga singib ketgan bo‘lsa-da, uning tarbiyaga zid ekanligi, salbiy ta'sirlari endilikda bahs qilina boshladi. G‘arb madaniyatidan o‘rnak olib kiyinish, muomila, yurish-turush, salomlashish holatlar ko‘zga tashlanmoqda natijada asta-sekinlik bilan axloq-odobning salbiy tomonga o‘zgarishi ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan qadriyatlar urf-odatlar unut bo‘lib bormoqda.

Farzand tarbiyasidagi tasirning yana bir sababchisi - internet uyali telefon ulardagi turli ijtimoiy tarmoqlardan noo‘rin foydalanish bo‘lib kelmoqda. Bu vositalardan unumli foydalanib ulkan yutuqlarga erishish bilan birga noto‘g‘ri foydalanib, manaviy va moddiy tomondan zarar keltirib chiqarayotganini ham esdan chiqarmaslik kerak

F.Sayfitdinov Tayloq tuman ad-Doromiy masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 16/07/2020 15:13;   Ko‘rilganligi: 1005
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/yosh-avlodning-tarbiyasiga-etiborli-bulaylik
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 13:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing