O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Yaxshi kasb-hunar egasi bo‘lish, insonning eng katta ziynati

 
 

Haqiqatdan ham, halol rizq talab qilish Odamdan (alayhissalom) boshlab barcha insonlarning maqsadi va xayotdagi dasturi bo‘lib kelgan. Odatda "axloq-odob" tushunchasi xam ikki ma'noda, ishlatiladi. Birinchisi - keng ma'noda kishining barcha xatti-harakatlari, jumladan, kasbiy ko‘nikma va malakalari hamda shu yunalishdagi qonun-qoidalar shakllantirilishiga axloq-odob deyiladi. Ikkinchi ma'noda bevosita xulq-atvorga nisbatan qo‘llaniladi.

Shu maksadlarni ko‘zlab farzandlarni ilmli, hunarli qilib voyaga yetkazish ayni millatimizga xos an'anadir. Shu sabab ota-bobolarimiz zurriyotlarini savodxon, hunarli qilish uchun eng yaxshi ustalarga shogirdlikka berganlar. Bilim olish uchun boshqa shahar va yurtlarga yuborganlar. Xalqimizning hayot tarzida ilmu hunar doimo ulug‘lani kelinganligi bejiz emas. Ilmli, hunarli, bo‘lishga da'vat hech qachon esdan chiqarilmagan. Bunda alloma Majid Xavofiyning "Oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki aql-xushi va kasb-hunari bulmagan kishi kambag‘aldir", degan so‘zlarini keltirish o‘rinli, albatta.

Shuning uchun xam urfda har bir ota-ona o‘z o‘g‘li yoki qizini hunar o‘rganish, ilm olish uchun ustozga "eti sizga, suyagi bizga" degan ramziy so‘zlar bilan topshirgan. Doimo duosida xam, amaliyotida xam farzandining o‘qimishli, yaxshi kasb-korli, qo‘li gul usta bo‘lishini orzu qilgan. Shogird esa, o‘qib, o‘rganib, ustozning "Oq fotiha"si bilan usta sifatida mustaqil ish boshlagan va shu duoi fotihaga umrbod sodiq qolgan. Bu o‘sha shogird har qaday sharoitda xam olgan bilimlariga xilof qilmaydi, sifatsiz ish bajarishni o‘ziga hech ep ko‘rmaydi degan ma'no-mazmunni ifoda etgan. Shu go‘zal taomil sharofatidan yurtimiz, millatimiz yer kurrasida ta'lim, fan va madaniyat soxasidagi yutuqlari uchun "tamaddun beshigi" degan yuksak nomiga erishgan.

Dinimizda inson o‘z rizqini halol yo‘l bilan topishga buyurilgan. Baqara surasining 172-oyatida bunday marhamat qilinadi: "Ey imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz».Boshqa bir oyatda esa, usha halol rizqni nopok yo‘llar bilan yeyishdan qaytariladi:"Ey imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada noxaq(yullar)bilan yemangiz!"(Niso, 29).

Darhaqiqat, umuminsoniy kadriyatlar xisoblangan mexnat kilish, baxtli xayot kechirish, bilim egallash, kattalarni xurmatlash, kichiklar, ayollarga izzat ko‘rsatib, ardoqlash, rost so‘zlash - insonlar uchun hayotiy zarur va qadrli bo‘lgan shu kabi ma'naviy mezonlarga xurmat bilan  qarash, rioya qilish umuminsoniy axloq-odob hisoblanadi.

Absalomov Ismatullo Samarqand shahar "Domla Kamoliddin" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 16/08/2023 15:45;   Ko‘rilganligi: 317
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/yaxshi-kasb-hunar-egasi-bolish-insonning-eng-katta-ziynati
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 16:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing