O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

VAQF O‘ZI NIMA?

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoniga asosan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil qilinib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilan edi:

· fuqarolarning diniy, ma'naviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash;

· masjidlar va diniy ta'lim muassasalarining binolarini qurish, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

· tarixiy-me'moriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, ta'mirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish;

· diniy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

· masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

· islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma'rifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga ko‘maklashish;

· yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish;

· aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash.


Kiritilgan vaqti: 18/02/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1593
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/vaqf-ozi-nima
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 16:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing