USTOZIM FAXRIM
Bismillahir roxmanir roxiym.
Alloh taola quroni karimda shunday marxamat qilgan: “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martabalarga ko‘tarur. Alloh qilayotgan barcha (yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir” (Mujodala 11-oyat).
Azizlar men ushbu oyatni o‘qigan vaqtimda doimo ko‘z oldimda ushbu oyatni bu dunyodagi isbotini ko‘raman yani menga ilm bergan, menga o‘z nasixatlari bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan ustozlarimni nazarda tutib yuqoridagi so‘zlarni aytdim. Yurtimizda 1-oktyabr “ Ustoz va murabbiylar “ kuni men bu yilgi bayramda birinchi o‘rinda marxum muftiy Usmonxon Alimov hazratni, xoji Shodi domlani, Mustafaqul Melikzoda va Nuriddin Islomov ustozlarimni yod etaman ularni xaqqiga quron tilovot qilaman. Alloh taola bu marxum ustozlarimni oxiratlarini obod qilsin, xayotda qilgan xayrli ishlarini oxiratlariga zaxira qilsin. Bugun xayotda yashab turgan ustozlarimiz sog‘u omon bo‘lsin ularni qadrlab, ezozlab yurish barchamizga nasib bo‘lsin.
Aziz ustozlar bayramingiz muborak bo‘lsin.
X.Ablaqulov Oqdaryo tuman bosh imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 30/09/2022 14:52; Ko‘rilganligi: 1107
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 21:41