Umr g‘animat
Bu sinov dunyosi uch kundir: kecha, bugun, ertaga.
Bir donishmand: “(Dunyo) bir hovlining ikki eshigi, ularning biridan kirib boshkasidan chiqib ketasan”, degan ekan . Chindan ham, umr g‘animat. Uni foydali ishlarga sarflab, yaxshilik qilib o‘tkazsak, ikki dunyo saodatiga erishamiz.
Ulug‘lardan biri: “Kechagi kundan ibrat olib, bugungi kunni g‘animat bilib yashagin, ertangi kunga yetmasliging mumkin”, degan ekanlar. Biz uchun umrimiz necha kundan iboratligi emas, balki bugungi kunimizda, ayni lahzalarda qanday yashay olishimiz muhim. Bugunimizni - hozirimizni qanday o‘tkazishimiz ahamiyatli. Zero, ulug‘lar aytganidek, odamzot hayoti tejalgan vaqtga qarab uzayadi.
Alloh taolo marhamat qiladi: (U) sizlarning qaysizlaringiz chiroylirok (savoblirok) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun o‘lim va xayotni yaratgan zotdir. U qudratli va kechirimlidir (Mulk, 2).
Payg‘ambarimiz (S.A.V.): Besh narsa kelishidan oldin g‘animat bil: qarilikdan oldin yoshlikni, kasal bulishdan burun salomatlikni, faqirlikdan burun boylikni, mashg‘ullikdan burun hayotni” deganlar.
Bahouddin Naqshband bunday nasihat qiladilar: “Kim vaqtini zoye ketkazsa, vaqt uning dushmaniga aylanadi, nafasning zoye ketishiga yo‘l qo‘ymang va undan extiyot buling”.
Lahzaning umri asrga teng bo‘lishi mumkin. Umr yashalgan fursat bilan emas, balki ana shu vaqt ichida qilingan yaxshi amallardan mazmun topadi. Shuning uchun ham kimning qancha yashagani emas, qanday yashagani e'tiborli. Aql zakovat bilan vaqtni hisob qilishga va uni jilovlashga harakat qilamiz. Ammo o‘tayotgan vaqtning zimmamizda haqqi borligini o‘ylab ko‘rmaymiz.
Fan va texnika rivojlangan zamonimizda uzoqni yaqin qiluvchi ulovlar, qulay aloqa vositalari qanchadan – qancha vaqtimizni tejaydi.Ajablanarlisi, bu imkoniyatlar qancha ko‘paysa, vaqtimiz kamligidan, ulgurolmayotganimizdan shuncha ko‘p shikoyat qilamiz.
Hasan Basriy aytgan ekan: “Ey odam bolasi, aslida sen kunlar yig‘indisidan iboratsan. Agar bir kuning o‘tsa, bir bo‘lagining ketibdi”. Chindan ham vaqt mohiyatini anglash ajoyib fazilat. Ulug‘ niyatlar yo‘lida bugandan, ayni lahzalardan boshlab ishga kirishish oliy himmat belgisi.
S.Ro‘ziyev - Kattaqo‘rg‘on tuman “Qoriravo” masjidi imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 13/10/2020 13:09; Ko‘rilganligi: 2556
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 01:58