Ulamolarning fikriga ko‘ra, o‘zini islomga nisbat beradigan aksar terror tashkilotlarining onasi - salafiylik, ya'ni mazhabsizlik hisoblanadi
Haqiqatda azizlar mazhabsizlikni ofat ekanligini ko‘p jabhalarda, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz.
Masalan, mazhablarda Qur'on, Sunnat, Ijmo' va Qiyoslardan dalil o‘laroq foydalanish qoidalari ishlab chiqilgan. Har mazhabning bu to‘g‘rida o‘z usul va prinsiplari bor. Ulardan masalalar istinbot qilishda ana shu usul va qoidalardan tashqariga chiqilmagan. Binobarin bu holat mazhablarda muayyan tizimni yuzaga keltirgan. Masalalar tizimli ravishda hal bo‘lgan. Qolaversa, bu usullardan foydalanib muhim islomiy bilimlarning haqiqiy egalari ijtihod qilishgan, masalalarga javob topishgan.
«Bilmayman»ni bilmagan olim…
Ilmning haqiqati
Imomi A'zam Abu Hanifa: «Bunday ish qilishdan Allohga sig‘inaman…»
Mazhabsizlikda esa ijtihod usul va qoidalari yo‘q. "Qur'on va Sunnatga murojaat qilamiz" qabilidagi o‘zi haq, ammo botil iroda qilingan da'vo bilan tizimsiz ijtihodlar yuzaga kelyapti. Eng yomoni, bu tizimsizlik maydonida ijtihod qilishga ahl bo‘lmaganlar javlon uryapti. Yo‘liga, ra'yiga va nafsiga to‘g‘ri kelgan dalillarni olib, qolganlarini tashlash yomon oqibatlar keltirib chiqaryapti.
Achinarlisi, bunday pala-partishlik, tizimsizlik esa o‘z o‘rnida Islomning yuziga qora chaplaydigan toifa va harakatlarning maydonga chiqishiga sabab bo‘lyapti. Ayrim ulamolarning fikriga ko‘ra, o‘zini islomga nisbat beradigan aksar terror tashkilotlarining onasi - salafiylik, ya'ni mazhabsizlik hisoblanadi. Chunki muayyan qoida va usullarga rioya qilmaslik dalillarni o‘z maqsadiga bo‘ysundirish imkonini beradi. Tabiatida murosasizlik, jangarilik va jaholat hukmron kimsalarga esa bu ayni muddao.
Shu sabab mazhabsizlikdan va bunga chaqiruvchilardan uzoqda yurish, musulmonning kundalik g‘oyasi bo‘lishi lozim.
Abrorov Jahongirxon manbalar asosida
Kiritilgan vaqti: 18/05/2022 15:35; Ko‘rilganligi: 696
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:43