O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

TAVASSUL MASALASI HAQIDA

 
 

Soxta salafiylarning tanoquzotlaridan:
"Ularning nazdida tavassul katta shirk va Allohdan boshqaga ibodat qilish hisoblanadi. Ular shu gaplari bilan tavassulga yangi taqsimlashni ixtiro qiladilar va bu ularning nazdida ikki qismdir.
1- Tiriklar va solih amallar bilan tavassul qilish joiz.
2- O‘liklar bilan tavassul qilish shirk."

Ularning bunday taqsimlashlarining sababi ular hozir bo‘lib turgan tirik odam zarar va manfaat beradi deb e'tiqod qilishadi.
Vaholanki bunday taqsim qilishni ayni shirk hisoblanadi, chunki haqiqiy foyda va zarar beruvchi Uning sherigi bo‘lmagan yolg‘iz Allohdir.
Ularning aqliy noqsliklaridan ular sahobai kiromlar roziyallohu anhumlarning Rosululloh sollalohu alayhi vasallamga hayot bo‘lib turgan payitlarida tavassul qilishlarini e'tirof qilishadi. Shunday ekan sahobai kiromlarning bu ishlari imondanmi yoki shirkmi degan savol tug‘iladi?
Agar shirk deyishsa unda ular sahobai kiromlarni shirkda ayblagan bo‘ladilar. Bu esa rofiziylarning aqidasi hisoblanadi.
Yo‘q ularning bu ishlari imondandir shirk emas desalar, unda tavassul bir odamni vafot etishi bilan imondan shirkka o‘zgarib qolmaydi.
Shunday ekan, ozgina aqlingizni ishlating!

Anvar domla Nazarov
Kattaqo‘rg‘on shahar "Muhammad Naqibbek" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 06/01/2022 16:33;   Ko‘rilganligi: 490
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/tavassul-masalasi-haqida
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 12:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing