O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

TASHRIF QOG‘OZI

 
 

Amirlikda taniqli ishbilarmon bilan jurnalistlar uchrashishdi. Unga jurnalistlardan biri savol berdi:
-Hayotingizdagi qiziqarli voqealardan gapirib bersangiz.
Ishbilarmon dedi:
"Bir kuni kechasi yuragim siqildi. Toza havoda aylanishni hohladim. Mahallada aylanib yurib masjidning ochiq eshigiga ko‘zim tushdi. Ikki rakat namoz o‘qishimdan meni nima to‘sadi?! Ichkariga kir forig‘ bo‘lgach unga dedim:
-Bilishimcha boshingizga tashvish tushgan ko‘rinadi. Nima tashvishingiz bor?dim. Ichkarida bir kishiga ko‘zim tushdi. U qo‘llarini ochib Allohga duo qilib zorlanar edi. Bildimki, uning boshiga tashvish tushgan. U kishi duosidan

U qarzdor ekanini aytdi. Men undan qarzi qancha ekanligini so‘radim. Uning qarzi to‘rt ming ekan. Men cho‘ntagimdan to‘rt ming chiqarib unga berdim. U juda ham xursand bo‘ldi va menga tashakkurlar aytdi. So‘ngra men cho‘ntagimdan tashrif qog‘ozi chiqarib unga berib shunday dedim:
-Do‘stim! Bu yerda mening telefon raqamim, uy manzilim bor. Buni oling. Qachon biror bir narsaga ehtiyoj sezsangiz taraddudlanmasdan uyimga boravering yoki telefon qiling.
Bundan u xursand bo‘ladi deb o‘ylagan edim. Uning javobi meni hayron qoldirdi. U menga shunday dedi:
-Yo‘q ey birodirim! Alloh sizni yaxshilik ila mukofotlasin. Bu tashrif qog‘oziga ehtiyojim yo‘q. Qachon bir narsaga hojatim tushsa ikki rakat namoz o‘qib hojatimni Allohdan so‘rayman. Alloh mening hojatimni xuddi hozirgiday ravo qiladi!".

Urgut tumani "Urgut markaziy" masjidi xodimi A.Polvonov


Kiritilgan vaqti: 25/12/2021 08:50;   Ko‘rilganligi: 504
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/tashrif-qogozi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 20:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing