O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

TASHBEH E'TIQODIGA RADDIYA

 
 

Ba'zilar Alloh taoloning «Rahmon Arshga istivo qildi» oyatidan (istivo so‘zidan) «qaror topdi» va «o‘rin oldi», degan ma'nolarni chiqarib, «tashbeh» e'tiqodiga yo‘l ochganlar. Ularga quyidagicha javob beriladi:

1 - Alloh taoloning qadim (ya'ni, Undan oldin biror narsa bo‘lmagan) ekani barchaga ma'lum. Olam esa, hodis (ya'ni, yaratilgan)dir. Arsh esa, olamning bir juzi hisoblanadi. Agar U Zot Arshga qaror topganida hodis narsaga tushib qolgan bo‘lar edi. Holbuki, hodisga tushuvchi narsa ham hodis (ya'ni, yaratilgan) bo‘ladi. Alloh taolo qadimdir!

2 - Alloh taolo Arshdan oldin bor edi. Agar Alloh taolo Arshga qaror topganida edi unga ehtiyoji bor bo‘lib qolar edi. Bu holatda Arsh ham U Zot kabi qadim bo‘lib, qadim narsalarning adadlanishi yuzaga kelib qolar edi. Holbuki, bu (qadim narsalarning adadlanishi) botildir! Yoki Arsh hodis bo‘lsa, hodisga ehtiyoji bor narsa ham hodis bo‘ladi! So‘ngra, Arshning bor ekani Alloh taologa (ya'ni, yaratishiga) muhtojdir. Agar Alloh unga muhtoj bo‘lganida «davr» (ya'ni, ma'lum bir narsaning aylanib o‘z o‘rniga qaytib kelishi) lozim bo‘lib qolar va (ma'lum bir) narsaning (bor ekani) o‘ziga to‘xtab qolar edi. Holbuki, bu amri maholdir!

 «Sharhu Aqiydatun Nasafiya» asaridan

 Shayx Abdulmalik Sa'diy hafizahulloh

Aql egalari uchun bunda ibrat bordir!


Kiritilgan vaqti: 20/11/2021 07:50;   Ko‘rilganligi: 1084
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/tashbeh-etiqodiga-raddiya
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing