O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Talofatlarning oldini olaylik.

 
 

Oldimizda kuz va qish mavsumi demak kunlarning sovushi boshlanadi biz esa qalin kiyinishimiz va xonodonlarimizni issiq qilishimizga to‘g‘ri keladi. Ming afsuski bu fasllarda ko‘p talofatlarni guvohi bo‘lamiz yoki eshitamiz, bundan albatta dilimiz xunob bo‘ladi, kimlargadir achinib qo‘yamiz. Men bu maqolam bilan baxtsiz xodisa deb atayotgan talofatlarni oldini olishga xar birimiz mas'ul ekanimizni eslatib o‘tmoqchiman. Aslida bundan 15 asr oldin Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v bizlarni ogohlantirib o‘tgan men ularni faqat eslamoqchiman.

Bu haqda Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v shunday deganlar: Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Eshiklarni berkitinglar. Meshni (og‘zini) bog‘langlar. Idish-tovoqni to‘nkarib qo‘yinglar. Idishning (ustini) yopib qo‘yinglar. Chiroqni o‘chiringlar. Chunki shayton berkitib qo‘yilgan (eshik)ni ocha olmaydi, (bog‘langan) ipni yecha olmaydi, (yopilgan) idishni ocha olmaydi. Albatta, sichqon odamlarning ustidan uylarini yondirib yuboradi», – dedilar» (Imom Buxoriy «Adabul Mufrad»da rivoyat qilgan).

Uxlashdan oldin chiroqni va olovlarni o‘chirib qo‘yish. Bu bilan eng avval isrofgarchilikdan saqlaniladi, ikkinchidan xavfsizlik uchun shunday qilish albatta kerak. Chunki biz insonlar uxlaganda qanday ish ro‘y berishini bilmaymiz.

Yana bir hadisda shunday deyilgan: Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadi: «Bir sichqon kelib, pilikni sudray boshladi, shunda xizmatkor qiz uni haydamoqchi bo‘lib borgan edi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uni o‘z holiga qo‘y»,  dedilar. Sichqon uni olib kelib, u zot o‘tirgan kichik bo‘yra ustiga tashladi, natijada bo‘yraning dirham miqdoridek joyi kuydi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uxlasangiz, chiroqlaringizni o‘chiringlar, chunki shayton mana bunga o‘xshash narsaga yo‘l ko‘rsatadi, so‘ngra u sizlarni kuydiradi», – dedilar» (Imom Buxoriy «Adabul Mufrad»da rivoyat qilgan).

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Madinada kechasi bir uy o‘z ahli bilan birga yonib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana shuni so‘zlab: «Olov sizlarning dushmaningizdir, uxlaganingizda uni o‘chirib qo‘yinglar»,  dedilar» (Buxoriy «Adabul Mufrad»da rivoyat qilgan).

Azizlar yuqorida ba'zi xadislardan keltirib o‘tdik bunga amal qilsak o‘zimizni,oila a'zolarimizni turli talofatlardan ximoya qilgan bo‘lamiz.

Allox taola barchalarimizni balo ofatlardan panohida asrasin.

Otabek Toshbekov Narpay tuman “Naqishbandiy” jome masjidi xodimi


Kiritilgan vaqti: 02/11/2021 06:05;   Ko‘rilganligi: 432
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/talofatlarning-oldini-olaylik
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 15:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing