Ta'lim-tarbiya borasida Alloma Mullo Ramazon Butiyning tutgan yo‘li
Alloma Mullo Ramazon Butiy aytadi: Otam rahmatli bola birinchi bor so‘zlashga urina boshlaganida unga ismi jalolani (Alloh lafzini) o‘rgatishni, to‘liq bir jumlani aytishga kuchi yetganida shahodat kalimasini ta'lim berishni muhim deb bilar edi.
Ulg‘ayib, ishlarni idrok etishga va ularni eslab qolishga aqli tayyor bo‘lganida olamning haqiqatini va uning eng muhim ishlarini ya'ni, bu olamni boshqarib uni idora qilib turguvchi ilohi bor ekani va insonlarning barchasi Allohning qo‘l ostidagi bandalari ekanini bildirish lozim bo‘ladi.
Shuningdek Anbiyo va Rasullarning oxirgisi bo‘lgan Muhammad alayhis-salomning ismini hamda u kishining ota onalarini ismlarini, keyin u zotning tug‘ilgan, hijrat qilgan joylarini va yana siyratlarining qisqacha mazmunini o‘rgatish lozim bo‘ladi.
Keyin Qur'onni boshidan oxirigacha o‘rgatiladi.
Otam farzandlarining ilk bolalik vaqtidan mana shu muhim qoidalarga tayanar edi.
Dinimiz olimlarining ta'lim-tarbiya borasidagi o‘gitlari qimmatlidir. Ularni amalga oshirish har bir mo‘minning vazifasi. Alloh taolo barchamizni e'tiborli bo‘lishimizni, farzandlarimizni diniga, vataniga, millatiga foydasi tegadigan sadoqatli qilib tarbiyalashimizni muvaffaq aylasin!
Zafar domla Mahmudov
Samarqand shahar bosh imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 11/09/2023 16:08; Ko‘rilganligi: 559
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:23