O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Tafriqani xaromligi

 
 

Barcha narsaga qodir Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Alloh taoloning so‘ngi Nabiysi Muhammad Mustafoga salovat va salomlar bo‘lsin.
Alloh taolo o‘zining buyuk kitobi bo‘lmish Quroni Karimni Oli Imron surasi 103-oyatida shunday marhamat qiladi.
"Barchangiz Allohning arqonni mahkam tuting va bo‘linib ketmang"

Oyatning ushbu jumlalari musulmon olamini birlashtirish shioridir. Quroni Karim Allohning arqoni yekanligi haqida juda ham ko‘p hadislar kelgan Imom Tabaroniy Abu Sa'id Al-Hudriy rodiyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: "Allohning kitobi Allohning osmondan yergacha tortilgan arqonidir", deganlar " .... va bo‘linib ketmang" .

Avval birlashishga chaqirib turib ortidan bo‘linmaslikka amir kelayapti. Shundan ham bu ishining naqadar muhim ekanini bilib olsa bo‘ladi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhissalom: "Albatta Alloh sizlarga uch narsadan rozi bo‘ladi va uch narsani yomon ko‘radi: Uning O‘ziga ibodat qilib, shirk keltirmasliklaringiz; barchangiz Allohning arqonini mahkam tutib bo‘linib ketmasligingiz va sizga ishboshi bo‘lgan shaxsga nasihatda bo‘lishingizdan rozi bo‘ladi. "Dedi-dedi", deyish; ko‘p savol berish va molni zoya qilishingizni yomon ko‘radi" dedilar.

Tafsirda olimlarimiz: "Musulmonlar ittifoq bo‘lsalar, xato qilmasliklarining kafolati berilgan", deydilar
Ming afsuslar bo‘lsinkim musulmonlar ushbu oyati karimaga amal qilmaganliklari Allohning arqoni bo‘lmish Qur'oni Karimni barchalari birlashib mahkam tutmaganliklari ko‘plab bo‘linishlar, ixtiloflar qilganliklari uchun boshlariga bitmas-tuganmas balo ofatlar yog‘ilmoqda. Allohning bir oyatiga amal qilmagani uchun shunchalar musibatlar bo‘lsa, ko‘p oyatlariga amal qilmaganda nima bo‘lishini o‘zimiz bilib olaveraylik.

Ismoilov Bekmurod Tayloq tumani bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 10/08/2023 10:47;   Ko‘rilganligi: 214
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/tafriqani-xaromligi
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 19:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing