O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

SURATINGIZ BILAN ORAMGA USTUN QO‘YDIM, JAMOLINGIZGA MUSHTOQ YASHADIM, Yo RASULULLOH

 
 

Abu Dasama Vahshiy ibn Harb al-Habashiy (Alloh bu zotdan rozi bo‘lsin) ziddiyatli hayot yo‘li bilan Islom tarixida alohida iz qoldirgan sahobiylardan edi. Alloh taoloning irodasi va belgilagan taqdiri tufayli u Uhud kunida Hamza ibn Abdulmuttolibdek ulug‘ sarkardani o‘ldirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qalblarini qonga bo‘yagan, keyinchalik Yamoma kuni soxta «payg‘ambar» Musaylimatul Kazzobni qatl qilib, musulmonlar qalbidagi yaraga malham qo‘ygan edi. Tarixchilar uning haqida «Bu kishi Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan keyingi eng yaxshi odamni va eng yomon odamni ham o‘ldirgan» deb yozishgan.

Rasululloh (sallollohu alayhi vasallam) vafot etganlaridan so‘ng ham Vaxshiy ul zotning muborak yuzlariga qaray olmadi. Alloh Rasuli bu dunyoni tark etgach, yoolg‘onchi payg‘ambarlar kpayib ketdi. Musaylamatul Kazzob isimli munofiq bulardan biri edi. Dediki:

-Payg‘ambarlik menga berildi, jannat va jahannam menda ham bor...

Bir irmoqqa “Teskari tarafga oq” – dedi va pastga oqayotgan irmoq teskari oqa boshladi. Shunga o‘xshash ko‘z bo‘yamachiliklarini “Payg‘ambar” ko‘rsatdi. Iymoni zaif musulmonlarning bir qanchasini aldadi va dindan chiqishlariga sabab bo‘ldi. Abu Bakr (roziyallohu anhu) Musaylamaga qarshi qo‘shin tortdi, amma hech ham uni qo‘lga kirita olmadi.

Kunlar mana shunday behuzur zayilda o‘tib ketaverarkan, Vaxshiy (roziyallohu anhu) bir kuni kechasi Payg‘ambarimizning (sallollohu alayhi vasallam) huzurlariga keldi varavzalari oldida tiz cho‘kdi Vahshiy (roziyallohu anhu) –Yo Rasulull, - dedi. –Insonlar orasidan eng ko‘p sizni yaxshi ko‘rardim. Yuziga qarasam qarab to‘ymaydiganim Siz edingiz. Men musulmon bo‘lgach, Hamzaga bo‘lgan sevgingiz tufayli menga ko‘zim ko‘radigan joylarda o‘tirma, dedingiz.

Sizga to‘yolmasdan, ustunlarning orqasida namoz o‘qidim. Musulmonlik baxtiga erishdim, ammo Sizga to‘yib-to‘yib qaray olish totini ololmasdan umrim o‘tib keti. Endi esa bu foniy dunyoni tark etdingiz, ey Alloh, Rasuli. Eshitdimki yo‘qligingizdan foydalangan bir munofiq Sizni xafa qilayotgan ekan. Ey Alloh Rasuli, men Siz vafot etganingizdan so‘ng ham ustunlarning ortida namoz o‘qiyapman. Bo‘ldi endi, yo Rasululloh Men ket yapman, dedi. Hmaza (roziyallohu anhu)ni o‘ldirgan nayzani berkitib qo‘ygan joyidan oldi Vahshiy (roziyallohu anhu):

-Yo Robbiy. –Bu nayza bilan Islomnmng eng keskin qilichini o‘ldirgan edim. Endi esa Rasulullohning eng katta dushmanino‘ldirib hayotimni bir oz bo‘lsa-da to‘g‘irlamoqchiman.

Shundan keyin Allohdan yordam so‘rab nayzasini otddi. Nayza to‘g‘ri borib musaylamaning yuragiga tegdi va u turgan joyida yiqildi.

So‘ng Vahshiy (roziyallohu anhu) yana Madina tamon yo‘l oldi. Oylar, kunlardan so‘ng Masdidi Nabaviyga Payg‘ambarimiz alayhissalomning masjidlariga etib keldi. Namoz o‘qish uchun tahorat oldi. Har doimgidek ustunning orqasiga berkindi, niyat qilmoqchi edi. Vahshiy huddi Rasululloh (sallollohu alayhi vasallam) bordek ustunning orqasida odob ila endigina namoz o‘qimoqchi edi, bir ooz keldi: “Vahshiy, hasrat (hijron) nihoyasiga yetdi! Chiq, endi nmozingni o‘rtada o‘qi!”

Shunday qilib Vahshiyning hasrati tugagandi, ko‘zlarida duv-duv yoshlar oqar ekan, Ravzaning oldiga keldi va og‘zidan ushbu kalimalar to‘kildi:

-Demak, meni kechirdingiz,ey Allohning Rasuli. Demak, endi ustunlarning ortida namoz o‘qimayman. Qiyomga turganda, sajdaga borganda, ruku qilayotganda ustunlarning ortida qolmayman. Abu Bakr turgan, Umar turgan, Ali turgan, Salmon turgan yerlarda tura olaman demak!..

Hazrat Vahshiy ibn Harb hazrat Usmon davrida vafot etdi. Alloh u zotdan rozi bo‘lsin!

Manbalar asosida Alimardon Po‘latovich tayyorladi.

SAODAT ASRI RIVOYATLARIkitobidan olindi.


Kiritilgan vaqti: 20/10/2021 07:40;   Ko‘rilganligi: 930
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/suratingiz-bilan-oramga-ustun-qoydim-jamolingizga-mushtoq-yashadim-yo-rasululloh
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 21:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing