O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Soxta salafiylar Takfir (kufrda ayblash) masalasini suradilar. Hanafiylik mazhabida:

 
 

Imom Abu Dovud (rahmatullodi alayh) Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladi: Paygambar (sollallodu alaydi vasallam): Uch narsa imonning aslidandir. “La ilaha illolloh” degan kimsaga tegmaslik, uni gunohi tufayli kofir demaymiz, amali tufayli islomdan chiqarmaymiz, — dedilar. (Abu Dovud rivoyati).

Ushbu hadisi sharifda musulmon inson boshda dindoshlariga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi borasida aniq tavsiya berilmokda. Ya'ni, haqiqiy mo‘min boshda birodarini gunohi tu- fayli kofirga chiqarmasligi, qilgan amali sababli unga mo‘min emas, degan so‘zni aytmaslik lozimligi uqdirilmoqda.

Abu Xurayra (roziyalloxu anxu)dan rivoyat kilingan xadisda Rasulullox sallalloxu alayxi vasallam: “Kim birodariga Ey kofir, desa, bu ikkovidan biriga kaytadi: u (tinglovchi) agar u aytganidek bo‘lsa bo‘ldi, bulmasa (gan) o‘ziga qaytadi, - deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Abu Zarr (roziyalloxu anxu)dan rivoyat kilinadi: «Nabiy (sollalloxu alayxi vasallam)ning Kishi birovni fosiqlikda yoki kofirlikda ayblasa-yu, sherigi unday bo‘lmasa, bu albatta uning o‘ziga qaytadi», deyayotganlarini eshitganman. (Buxoriy rivoyati).

Usoma ibn Zayd ibn Xorisa (roziyalloxu anxumo) shunday so‘zlab berdi: “Rasulullox (sollalloxu alayxi vasallam) bizni Juxaynaning Xuraka qabilasi tomon yubordilar. Biz bu qavmga tongda hujum qilib, ularni yengdik. Men va bir ansoriy ulardan bir kishiga yetib oldik. Biz uni qurshab olgan edik, u: Laa ilaaxa illallox! - dedi. Ansoriy uzini tuxtatib qoldi, men esa nayzamni sanchib, uni o‘ldirdim. (Madinaga) kelganimizda bu gan Nabiy (sollalloxu alayxi vasallam)ga yetib bordi. U zot: Xoy Usoma! Laa ilaaxa illallox, deganidan keyin ham uni o‘ldirdingmi? - dedilar. Men: Ey Allohning Rasuli, u qutulib qolmoqchi edi, - dedim. U zot yana: Laa ilaaxa illallox, deganidan keyin xam uni uldirdingmi? - dedilar. U zot buni menga takrorlayverdilar, xatto usha kundan avval musulmon bulmasaydim, deb orzu qilib qoldim (Buxoriy rivoyati).

Ushbu hadis hozirgi kundagi takfirchi adashgan barcha toifalarga ochiq-oydin raddiya bo‘lib, ular xech qachon “La ilaxa illal­lox” deb aytgan insonga nisbatan keskinlik qilishlari, ular­ni o‘ldirish tugul, hatto ularga nisbatan qattik gapirishga qam haqlari yo‘q.

Achinarlisi, bugungi kunda “takfir” tushunchasi ulamolarga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Butun dunyoga ziyo, ilm-ma'rifat va ma'naviyat tarqatib turgan olimlar johil, nodon kimsalar qo‘lida ko‘plab aziyatlar ko‘rdilar.

Absalomov Ismatullo Samarqand shahar "Domla Kamoliddin" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 01/06/2020 14:58;   Ko‘rilganligi: 1017
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/soxta-salafiylar-takfir-kufrda-ayblash-masalasini-suradilar-hanafiylik-mazhabida
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 13:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing