O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Soxta salafiylar Qur'on tilovatini O‘tganlar ruhiga bag‘ishlash joiz emas deb biladilar. Hanafiy mazhabida (davomi)

 
 

Ibn Hajar Makkiydan: «Birov qabriston ahliga “Fotiha” surasini o‘qisa, savob ularning o‘rtasida taqsimlanadimi yoki har biriga uning savobicha to‘liq beriladimi?”, deb so‘ralganda, u: “Bir jamoa ulamolar ikkinchisiga fatvo berishgan va Allohning fazliga shunisi loyiqroq”, - deb javob bergan.

Marhumga savobning yetib borishiga ijmo'dan dalil:

Islom ummatining ko‘pchiligi marhumga janoza namozidagi duoni dalil qilib, o‘lgan kishi tiriklarning duosidan manfaat oladi, deganlar.

Mayyitga ro‘za, namoz kabi boshqa badaniy ibodatlar ham man­faat beradi. Bunga quyidagilar dalil bo‘ladi:

Sa'd ibn Uboda (roziyallohu anhu) Paygambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)dan: “Ey Allohning Rasuli, onam meiing yo‘qligimda vafot etdi. U kishining nomidan sadaqa qilsam man­faat beradimi?”, deb so‘raganida, Rasululloh (sollalloxu alayhi vasallam): “Ha”, deb javob berdilar. Shunda Sa'd (roziyallohu anxu): “Sizni guvoh qilamanki, xosildor bog‘im u kishining no­midan sadaqa», dedi (Buxoriy rivoyati).

Juhayna qabilasidan bir ayol Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelib: “Onam xaj qilishni nazr qilgan edi. Haj qilmasdan vafot etib qoldi. U kishining nomidan xaj qilsam bo‘ladimi?”, - dedi. U zot (sollallohu alayhi vasallam): “Uning nomidan haj qil. Aytchi, onangning qarzi bo‘lganida ado qilarmiding? Allohning qarzini ham ado qilinglar. Alloh vafo qilishga haqlidir” - dedilar.

Shuningdek, musulmonlar o‘lgan odamning qarzini boshqa birov, hatto begona odam to‘lab qo‘ysa ham zimmasidagi qarz soqit bo‘lishiga ijmo' qilishgan.

Buning dalili sifatida quyidagi hadis keltiriladi: Abu Qatoda (roziyallohu anhu) bir o‘likning ikki dinor qarzini o‘z bo‘yniga olgan. Keyin o‘sha ikki dinorni haqdorga berganida, Rasululloh, (sollallohu alayhi vasallam): «Endi (o‘lganning) terisi sovudi» - deganlar (Hakim rivoyati ).

Imom Abu Dovudning “Sunan» kitobida Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)dan quyidagi hadis rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) o‘likni dafn qilib bo‘lgandan keyin ustida turib: “Birodaringizga istig‘for aytinglar. Unga sobitlik so‘ranglar. Chunki u hozir so‘roq; qilinadi», - der edilar”.

Hanafiy olimlardan Badriddin Ayniy shu kabi ayrim rivo- yatlarni keltirgach: “O‘tganlarga namoz, ro‘za va sadaqaning savobi yetishining o‘zi Qur'on tilovatining ham savobi yetishini bildi- radi”, - deydi. Zakariyo Ansoriy (rahmatullohi alayh) “Al-Lu- bob”da: “Bunga (tilovatning savobi o‘lganga yetishiga) dalolat qiladigan narsalardan biri shuki, musulmonlar barcha asrlarda Qur'on o‘kib, o‘tganlariga bag‘ishlaganlar va buni hech kim inkor etmagan. Binobarin, bu ijmo' bo‘lgan”, — deydi.

Zayniddin Eshonqulov O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 11/06/2020 15:51;   Ko‘rilganligi: 999
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/soxta-salafiylar-quron-tilovatini-otganlar-ruhiga-bagishlash-joiz-emas-deb-biladilar-hanafiy-mazhabida-davomi
Chop etilgan vaqti: 30/04/2024 15:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing