O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Soxta salafiylar musulmonlarni kabira (katta) gunoh sababli ham dindan chiqishini e'lon qilmoqdalar. Hanafiy mazhabida:

 
 

Abu Hanifa (rahmatullohi alayh)ning aqida borasida mu'tabar hisoblangan «al-Fikhul akbar» kitobida shunday deyiladi:

“Musulmon shaxsni biror gunoh sababli, garchi u katta gunoh bo‘lsa ham modomiki uni halol sanamas ekan, kofirga chiqarmaymiz va undan imon ismini ham ketkazmaymiz. Uni haqiqiy mo‘mii deb ataymiz”.

Qomusiy olim Abu Ja'far Tahoviy al-Hanafiy ham o‘zining “al-Akida at-tahoviya” asarida shunday deydi:

“Qibla ahllarining birontasini gunohi sababli, modomiki halol sanamas ekan, uni kofirga chiqarmaymiz”.

Mashhur hanafiy ulamolardan Ibn Nujaym (vaf. 970/1562 y.) o‘zining «al-Bahr ar-roiq» asarida: «Agar bu masalada (ya'ni bir insonni amaliga qarab kofirga chiqarish) kofir deyish uchun to‘qson to‘qqizta dalil bulsa-yu, kofir demaslik uchun birgina dalil bo‘lsa, to‘qson to‘qqiztasini qo‘yib, usha bir dalilni olish kerak», deganlar.

Zamonamizniig mashhur allomasi doktor Yusuf Qarazoviy bir musulmonni kofirga chiqarish xususidagi savolga quyidagicha javob bergan: “Kim Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad (alayhissalom) Uning Rasuli ekaniga qalbi bilan tasdiqlagan holda guvohlik bersa, u musulmondir. Unga to‘laligicha musulmonlarga qilinadigan muomala qilinishi kerak”.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, jamiyatda musulmon­larni garchi ular kabira gunoh qilsalar ham kofirga chikarishga hech kimning haqqi yo‘q. Salafi solihlar ham bu borada juda ehtiyotkor bo‘lib, gunohkor musulmonlarni murtad yoki kofirga chiqarmaganlar. Shunday ekan. musulmon shaxs o‘zini sunnatga hamda salafi solihlar yuliga ergashishini da'vo qilar ekan, ularning yulini mahkam tutishi lozim.

Zayniddin Eshonqulov O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 03/06/2020 16:01;   Ko‘rilganligi: 998
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/soxta-salafiylar-musulmonlarni-kabira-katta-gunoh-sababli-ham-dindan-chiqshpini-elon-qilmoqdalar-hanafiy-mazhabida
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 01:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing