O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Soxta salafiylar Kur'on tilovatini O‘tganlar ruhiga bag‘ishlash joiz emas deb biladilar. Hanafiy mazhabida:

 
 

Islom dinidagi inson vafot etgandan so‘ng uni xotirlash, ortidan xayrli duolar qilish, qilingan yaxshiliklarning savobini bag‘ishlash kabi go‘zal ko‘rsatmalar uning insoniyligi, yaxshilik va ezgulik dini ekanidan nishonadir. Qur'oni karimda musulmonlar o‘z o‘tmishdoshlarini xotirlab, xaqlariga mag‘firat so‘rab duoda bo‘ladigan ummat, deya ta'riflangan.

“Tahoviy aqidasi” kitobida quyidagilar aytiladi: “Tiriklarning duo va sadaqalarida mayyitlar uchun foyda bordir”. Ya'ni, bandaning tiriklik chog‘ida oxirati uchun qilgan ishlari o‘lgandan keyin o‘ziga manfaat yetishiga sabab bo‘ladi. Bun­ga misol “Kishi o‘lsa uning amali to‘xtaydi, faqat uch narsadan boshqa...” ma'nosidagi hadis.

Burhoniddin Marg‘inoniy o‘zining«Hidoya» asarida qilingan xayrli ishlar savobini o‘tganlarga bag‘ishlash joiz ekaniga dalil sifatida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning ikki ola qo‘chkorni qurbonlik qilib, birini o‘zlaridan, ikkinchisini butun ummat nomidan qilganlari xaqidagi hadisni keltiradi (Ibn Moja. Oisha va Abu Xurayra (roziyallohu anhumo)lardan rivoyat qilingan). Rasululloh (sollalloxu alayxi vasallam)ning qurbonliklardan birini ummat nomidan qilganlari savobni boshqalar xaqiga bag‘ishlash joiz ekanini ko‘rsatadi.

Quyidagi hadislar ham aynan Qur'on tilovat qilib o‘tgan­larga bag‘ishlash joiz, balki mustahab ekanini ko‘rsatadi.

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday dedilar: “Kim qabristondan o‘ta turib, “Ixlos” surasini o‘n bir marta o‘qib, sa­vobini vafot etganlarga bag‘ishlasa, vafot etganlar sonicha unga savob beriladi”.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasu­lulloh (sollallohu alayxi vasallam): “Kim qabristonga kirib, “Fotiha”, “Ixlos” va “Takasur” suralarini o‘qisa, so‘ng: “Kalomingdan tilovat qilgan suralarimning savobini qabrda yotgan mo‘min va mo‘minalarga bag‘ishladim” desa, ular Allox taolo huzurida unga shafoatchi bo‘ladilar”, - dedilar (Tabaroniy rivoyati).

Umuman olganda, hanafiy mazhabining deyarli barcha mo‘tabar manbalarida sadaqa, namoz, ro‘za, tilovat va boshqa yaxshi amallarni boshkqning nomidan qilish mumkinligi, savobi yetishi haqida aloxida to‘xtab o‘tilgan. (davomi bor)

Zayniddin Eshonqulov O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 04/06/2020 12:14;   Ko‘rilganligi: 1403
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/soxta-salafiylar-kuron-tilovatini-otganlar-ruhiga-bagishlash-joiz-emas-deb-biladilar-hanafiy-mazhabida
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 04:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing