Soxta salafiylar fikxiy mazxablarni inkor kilnb, mazxabsizlikni tartib kiladilar.
Islom dini dunyo bo‘ylab turli mintaqalarda tarqalgach, turli arab bo‘lmagan xalqlar ham musulmon bo‘ldilar. Tabiiyki, ular o‘zlariga Qur'oni karim va Payg‘ambar (alayxis-salom) sunnatla- ridan shariat ahkomlarini chiqarib, tartibga solish imkoniga eta emas edilar.
Shunday qilib, jamiyatda asta-sekin kishilarga diniy hukm- larni o‘rgatadigan, ularning savollariga javob bera oladigan, muayyan ilmlarga ega insonlarga extiyoj tobora ortib bordi. Shu tariqa turli diyorlarda olimlar yetishib chiqa boshladilar. Imom Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofeiy va Imom Ahmadlar bugungi kunda ham mavjud bo‘lgan turt fiqhiy mazhabga asos soldilar. Ular ibodatlar va boshka barcha masalalarni Kur'oni karim va hadisi sharifga ko‘ra ma'lum qoidalarga solib chiqdilar. Manbaning boyligi va Rasululloh (alayhis-salom)ning ayrim vaqtlarda bir amalni turlicha bajarganlari, bir masala bo‘yicha turlicha tasarruflari haqidagi hadis va xabarlar, rivoyatlar bu olimlarning ishlarida ham ma'lum juz'iy farqlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Shuningdek, turli mintaqalardagi sharoitlarning xilma-xilligi ham shariat masalalarida tabiiy tafovutlarning yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. Masalan, shofeiy mazhabida tahoratdan so‘ng yuz-qulni artmaslik afzal bo‘lsa, hanafiy mazhabida artish afzaldir. Demak, mazhablar tarqalganda hududlardagi iqlim sharoiti ham e'tiborga olingan. Binobarin, Rasululloh (alayhis-salom)dan ikki holatni ham tasdiqlovchi rivoyatlar yetib kelgan.
Xanafiylik mazhabida mazhabsizlik deganda diisizlikka olib boruvchi yo‘l tushuniladi. Mazhabboshilar ijtimoiy hayotdagi muammolarni yechishda Qur'on va hadislardan foydalaiib, mu- sulmonlar uchun din borasida biror savol qoldirmaganlar. Aynan sahobalarga kelsak, ular payg‘ambardan so‘rash va ulardap keyin hulafoi roshidinlardan so‘rash imkoni bo‘lgan. Sahobalar ham o‘zlari bilmagan va tushunmagan narsalarini so‘rab bilib olganlar. Mazhab izidan yurishni islom olamida muhim deb qaralgan. Shu kungacha o‘tgan barcha ulamolar ham bir mazhabni qattiq tutib, shu mazhab doirasida kitoblar yozib qoldirganlar.
H.Temirov O‘MI Samarqand viloyat vakilligi xodimi
Kiritilgan vaqti: 28/05/2020 13:45; Ko‘rilganligi: 1066
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 19:42